"Paxtakor"ning BAA klublari bilan o'yinlari statistikasi
06 fev 2020 14:09
Yangiliklar


"Paxtakor"ning BAA klublari bilan o'yinlari statistikasi
17 bellashuvning 11tasida "SHerlar" g'alaba qozonib, 3tadan o'yinda durang va raqiblar muvaffaqiyati kuzatilgan. 29 to'p kiritgan "Paxtakor" o'z darvozasidan 15 gol o'tkazib yuborgan. Toshkentda o'tgan 8 bahsning 5tasida "sherlar" zafar quchgan, bir durang va ikki mag'lubiyat qayd etilgan. Safardagi 9 bahsda ham "Paxtakor" ijobiy ko'rsatkichlar qayd etgan: 6 g'alaba, 2 durang va 1 mag'lubiyat. "Paxtakor" BAA klublariga qarshi to'qnashuvlarda o'ziga xos ijobiy tajribaga ega deb aytish mumkin.
"Paxtakor"hozirga qadar BAA klublaridan "Ahli", "Vahda", "Ayn", "Baniyas", "SHabab", "Jazira" va "Nasr"ga qarshi uchrashuvlar bo'lib o'tgan. "Ahli" va "SHabab" birlashishidan avval o'tkazilgan bahslarda "Paxtakor" 6 uchrashuvdan 5tasida zafar quchib, bir bor mag'lubiyatga uchragan.
"Al Ahli": 3:2, 1:0, 2:0, 2:1
"Al Vahda": 4:0, 1:1
"Al Ayn": 1:0, 3:2, 0:1, 1:1
"Baniyas": 1:1, 0:2
"Al SHabab": 1:0, 1:2
"Al Jazira": 3:1, 3:0
"Al Nasr": 2:1
O’xshash yangiliklar

Fikrlar