So’nggi yangiliklar

11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  3 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  4 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  30 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  19 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  24 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  2 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  14 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  17 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  40 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  6 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  3

"Paxtakor"ning 9-raqamdagi futbolchisiga qarshi maktab bolasining xatosini takrorladik" - Andrey SHipilov ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

"Paxtakor"ning 9-raqamdagi futbolchisiga qarshi maktab bolasining xatosini takrorladik" - Andrey SHipilov ishtirokidagi matbuot anjumani

Superliga 7-tur doirasidagi ilk o'yin "Paxtakor" - "Metallurg" ishtirokidagi bahsdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ilk qismida mehmonlar ustozi Andrey SHipilov qatnashdi.

"Juda yaxshi o'yin guvohiga aylandik. Biz ancha yaxshi darajada qarshilik ko'rsatdik. Raqibni o'rganish jarayonida futbolchilarga "Paxtakor"ning 9-raqamdagi futbolchisini qanday harakatlanishini ko'rsatib, unga qarshi qanday o'ynash kerakligini alohida takidlagandim. Hech qanday qiyinchilik joyi yo'q edi. Juda qo'pol xatolarga yo'l qo'yildi. Bu birinchi yoki ikkinchi sinf darsligi, lekin aniq 10-sinf darsligi emas! Buni maydonda ham, videoda ham ko'rsatgandim. Ammo baribir o'sha xatoga yo'l qo'ydik. Nima ham derdim, "Paxtakor"ning 9-raqamli futbolchisiga (Masharipov) barakalla. SHu futbolchi mening jamoalarimga qarshi doim yaxshi o'ynaydi. 

O'ylaymanki, bugungi o'yinimizni ko'rib hech kim biz maydonda shunchaki nomiga harakat qilganimizni aytishga jazm etmaydi. Ikkinchi bo'limda biz o'yinni nazorat qildik. "Paxtakor" jismonan charchab qoldi, biz esa yaqqol tashabbusga egalik qildik. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman va 6-may kuni bo'ladigan OCHL doirasidagi bahsda ularga omad tilayman" - deya gapirib o'tdi Andrey SHipilov.

- "Metallurg" yuqori pressing uyushtirgan holda "Paxtakor"ga himoyadan hujumga chiqishda muammolar tug'dirdi. O'yin davomida jamoa yomon ko'rinmadi, ammo raqib darvozasi oldida chinakamiga xavfli vaziyatlar sodir etilmadi. Yani, goldan keyin darvoza tomon deyarli aniq zarba berilmadi.

- Biz xavfli vaziyatlar yaratmadikmi? Standart vaziyatlari ham yaxshigina qurol aslida. Otaxonovning jarima maydonchasiga erlatib uzatgan to'piga Pardaev inglizcha uslubda zarba berolmadi. Aks holda yaxshigina xavf bo'lardi. Hech qanday muammoga o'rin qolmasdi. Muhammad Isaevni ham ko'proq darvozaga zarba berishi uchun maydonga tushirgandim. Lekin raqib ham pozicion jihatdan yaxshi himoyalandi. Biz asosan qanotlar orqali hujumga keskinlik bermoqchi bo'ldik.


- Nega oxirgi o'yinlarda samaradorlik ko'rsatayotgan Muzaffar Muzaffarov maydonga tushmadi?

- Ochig'ini aytaman, uning 3ta sariq kartochkasi borligi tufayli to'rtinchisini olishidan qo'rqdim. SHu boisdan ham diskvalifikaciya xavfini oldini olish uchun Muzaffarni tushirmadim. Haqiqatdan ham Muzaffarov mavsumni juda yaxshi o'tkazmoqda. Aslida uni ikkinchi bo'limda maydonga tushirmoqchi edim. SHunchaki qanotlar orqali keskinlikni oshirish maqsadida Suhrob Nurulloevni tushirishga qaror qildim. Bizda deyarli barcha samarador o'ynamoqda. Stanislav Andreev, Zohid Abdullaev, Muzaffarovda ham ikkitadan gol mavjud. Bugun Pardaevni tushirim adashmadim, to'g'rimi?  CHunki u ikkita o'yindan buyon gol urmoqda. Demak to'g'ri qarorga kelganman, qo'shilasizmi? 


- Sergey Tumasyanning o'yinidan qoniqmayapsizmi yoki boshqa sabab u bugun boshlang'ich tarkibda tushmadimi?

- Bu strategik rejamiz bilan bog'liq masala. Bu poziciyada Abduraximov bilan Tumasyan o'ynamoqda. Ruhan Abduraximov o'zining sobiq jamoasiga qarshi yaxshiroq va agressivroq o'ynashini inobatga olgan holda uni maydonga tushirdim. O'ylashimcha, Bahrom bugun ishonchni oqladi va munosib o'ynadi. Tumasyanga esa bugun omad kulmadi. Ayni paytda jamoa tarkibida rotaciya bo'lmoqda. O'tgan yili aynan o'zingiz mazkur masala bo'yicha savol bergan edingiz. Jizzaxdagi o'yindan keyin ham jurnalistlar menga rotaciya bo'yicha savol berishgandi.


- "Metallurg" o'z uyida juda yaxshi o'ynamoqda. Doim g'alaba. Lekin safarda hozircha g'alaba qozonishni uddasidan chiqilgani yo'q. Bu nima bilan bog'liq?

- Qo'shilaman, biz yaxshi o'ynamoqdamiz. Lekin mehmondagi o'yinda natija yo'q. Termizdagi bahs bilan chempionatni boshlagandik. "Surxon" bilan o'yinda durangni g'alabaga aylantirishning imkoni bo'lgandi. Samarqandda g'alabaga munosib o'ynamadik. Ammo mag'lubiyatga ham loyiq emasdik. Jizzaxda esa hisob 2:0ga aylangach o'yinni o'z qo'limizga oldik va vaziyatdan chiqib ketishga yaqin kelgandik. Lekin bizning darvozamizga aqlbovarqilmas gollar urishdi. Bugun esa biz ham shunday gollardan urdik. Har doim shunday chiroyli gollar urishimizni istardim. 


- Server Jeparov kelasi o'yinga qadar tayyor bo'ladimi?

- Menimcha, yo'q. Server juda katta professional. Jeparov maydonga chiqishni juda istamoqda. Lekin bunday futbolchi bilan katta tavakkalga qo'l urishni istamasdim. Biz unga qandaydir ukollar yordamiga maydonga tushish imkoniyatini taqdim etishimiz mumkin. Buni o'zi ham xohlamoqda. Maydonga tushishga juda qattiq istak bildirmoqda. Lekin men bunga yo'l qo'ymayman. Jeparovdek futbolchining jarohati bilan "Loko" yoki "Paxtakor" kabi jamoalar ham tavakkalga qo'l urishmasdi. Jeparov to'liq tayyor holatda bo'lgan paytdagina uni maydonga tushiramiz. Men eskicha metoddan foydalanmayman. Menga bunday o'rgantishmagan. Bizning shtabda yuqori darajadagi tibbiyot xodimlari ishlashadi.

Reyting: -35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика