So’nggi yangiliklar

21:35"Леганес" — "Реал". Беллингем, Винисиус, Гюлер ва Мбаппе асосий таркибда  0 21:22"Наполи" — "Рома". Таркиблар маълум  0 21:15АПЛ. "Саутгемптон" ва "Ливерпуль" ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди  26 21:13 Элит Чемпионлар лигаси. "Пахтакор" бош мураббийи Максим Шацких ва ўйинчиси Ҳожиакбар Алижонов "Истиқлол"га қарши ўйин олдидан нималар деди?  1 20:31"Ипсвич Таун" — "Манчестер Юнайтед". Бруно, Рэшфорд ва Каземиро асосий таркибда  3 20:09Перес Винисиусга мурожаат қилди  7 19:45Кетма-кет иккинчи йил чемпион бўлган Бобир Абдихолиқов билан интервью   1 19:37Суперлига. "Сўғдиёна" – "Локомотив" 2:0. Highlights  0 19:36Суперлигани қайси клуб тарк этади? Кумуш медал кимга насиб қилади? 26-тур интригалари  6 19:18Суперлига-2025. Қайси жамоалар қолади, қайсилари кетади?  6 18:25Суперлига. «Сўғдиёна» «Локомотив»ни қийинчиликсиз мағлуб этди ва учинчи ўринга кўтарилиб олди  11 18:16Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" "Қосимпошо" билан дуранг ўйнади, Турғунбоев бир бўлим ҳаракат қилди  2 18:04Февзи Давлетов: "Ўйинни тўлиқлигича назорат қилдик, фақатгина гол етмади"  4 17:28Холанд "Манчестер Сити" бўйича қарор қабул қилди  1 16:53Суперлига. «Металлург» мавсумдаги иккинчи ғалабасини қўлга киритиб, элитада қолиш имкониятини сақлаб қолди  11

"Paxtakor"ni sudga bermaganman, chunki klubni juda yaxshi ko'raman" - Dushan Savich bilan intervyu Yangiliklar

"Paxtakor"ni sudga bermaganman, chunki klubni juda yaxshi ko'raman" - Dushan Savich bilan intervyu

Yashasin, Feysbuk!

"Yuzkitobi"da o'tirgandim, "Balki u Sizga tanishdir" deb bir odamni ko'rsatdi. Dushan Savich. Rasmni ko'rdim. Uning aynan o'zi. 2011 yilning dastlabki davrasida "Paxtakor" safida o'ynagan va muxlislarimiz uni eslashsa kerak. "Druzya" tashladim, bir necha soatlarda qabul qilindi va birdaniga unga Messenjerdan yozdim. Intervyuga yo'q demadi.

- Salom Dushan, ahvolingiz qanday?
- SHukur, yaxshi. Karantinni inobatga olmasak, ishlar yomon emas. Dam oldik va yana dam olyapmiz.

- O'zbekistonda futbol muxlislari, hususan, "Paxtakor"ning ashaddiy ishqibozlari Sizni yaxshi tanishadi.
- "Paxtakor"ning tarixi anchagina uzoqqa borib taqaladi va shu boisdan klubning butun O'zbekiston bo'ylab ishqibozlari juda ko'p. Ularni hurmat qilaman va yaxshi ko'raman.

- Bilib turibsiz, intervyu "Paxtakor" va O'zbekiston futboli haqida bo'ladi. 9 yil oldingi xotiralarni bizga so'zlab berasiz.
- Kelishdik. Bundan juda xursand bo'laman.

- "Paxtakor"da birinchi do'stingiz kim bo'lgan?
- Boyan Miladinovich. U menga katta yordam bergan. Juda yaxshi inson, do'st va eng zo'r himoyachi, jamoadosh. Bilasizmi, boshqa davlat jamoasiga borganda shunday insonlar sizning adaptaciyangizni yanada tezlashtiradi. Boyanning faktori bilan men "Paxtakor"ga moslashishim tezroq kechgan. Umuman olganda rahbariyat va jamoadagi barcha meni iliq kutib olgan. Buning uchun ularga katta rahmat aytaman.

- "Paxtakor"dagi qiziq voqealardan birini aytib bera olasizmi?
- (kulib yubordi) Zo'r holat bo'lgandi. Dastlabki ikki o'yinda gol ura olmadim. SHundan keyin ayrimlar qo'y yoki tovuq so'yib, qurbonlik qilish kerak deyishdi. Qo'y so'yildi va uning qonini butsamga surishdi va gol urishni boshladim. Bilaman, g'alati, lekin bu yoddan chiqmaydigan holat bo'lib qoldi.

- Sir emaski, Siz "Paxtakor"da moliyaviy holat unchalik yaxshi bo'lmagan, yani, kamtarona byudjet bo'lgan davrda o'ynagansiz. Sir bo'lmasa, o'shanda "Paxtakor"da qancha maosh olardingiz?
- To'g'risini aytsam, menga kelishilgan maoshimni berishgan. Endi bilasiz, bunday narsalarni ayta olmayman. O'shanda menga moliyaviy holat unchalik yaxshi emasligini aytishgan va klubning holatini to'g'ri tushunganman. Mukofot pullarini olmaganmiz, hatto "Paxtakor"dagi oxirgi maoshimni ham berishmagandi. Lekin "Paxtakor"ni sudga bermaganman, chunki klubni juda yaxshi ko'raman.

- Samvel Babayan qanday inson? Oradan 9 yil o'tdi, u yodingizdami?
- Ha, albatta. Samvel Babayan "Paxtakor" uchun barchasiga tayyor edi. Tinmay harakatda, bazida asabiy, lekin juda qiziqarli inson. "Paxtakor"ni rivojlantirish yo'lida o'zini o'qqa-cho'qqa urardi. SHunday insonlarning borligi klub uchun katta yutuq deb hisoblayman.

- "Paxtakor"ning natijalarini kuzatib borasizmi?
- Nafaqat natijalarini, balki o'yinlarini ham kuzataman va "Paxtakor"ga muxlislik qilaman. Klubga etiborim va mehrim yo'qolmaydi menimcha.

- O'zbek futbolida qandaydir yomon holatga duch kelganmisiz?
- Yo'q, eslay olmayman. Menda faqatgina yaxshi xotiralar qolgan. Ajoyib stadionlar, muxlislik, shaharlar... Barchasi menga yoqqan. O'zbekiston chiroyli davlat.

- "Paxtakor"da 6 oy o'ynadingiz. SHundan keyin O'zbekistonga yana keldingizmi?
- Ha, 6 oy o'ynadim, rahbariyat agentim bilan kelisha olmagani sababli qolgan 4 yarim oylik shartnomam bekor qilingandi. O'shanda "Paxtakor"da qolishni istagandim. SHu orqali O'zbekistondagi sarguzashtlarim nihoyasiga etgan. "Paxtakor"ni unutmayman.

- Har bir legionerga beriladigan odatiy savol: o'zbek oshxonasi sizga yoqqanmi?
- Boshida juda qiynaldim. CHunki Serbiya va O'zbekiston ovqatlari o'rtasida katta farq bor. Keyinchalik palov yoqib qoldi va undan ko'proq tanovul qilishni boshladim. Qozog'istonda faoliyat olib borganimda ham o'zbekcha palovni ko'p eganman. Ajoyib ovqat! Dunyo mo'jizalaridan biri.

- "Navbahor" bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis legionerlarni O'zbekiston chempionatiga faqatgina pul orqali qiziqtirish mumkin degandi. "Paxtakor"da qiyin moliyaviy holatda o'ynagan futbolchi sifatida bu gapga qanday fikrdasiz?
- To'g'risini aytganda, Antanasovich to'g'ri gapni gapirgan. Hozir qanday bilmadim, lekin "Paxtakor"da o'ynagan vaqtimda chempionat saviyasi yomon emasdi. Legioner esa o'z davlatini faqatgina yuqori maosh sababli tark etishi mumkin. Kichkina maoshga oilani boqib bo'lmaydi, klub bilan butun dunyoni aylangandan mano yo'q.

- Ravshan Haydarov, Deyan Jurjevich hamda Anatoliy Demyanenko. Qaysi murabbiyni tanlagan bo'lardingiz?
- Qiyin savol. Uch xil murabbiy, uch xil falsafa, uch xil yo'nalish. Balki ular o'z falsafasiga ko'ra eng zo'rlaridir. Tanlash imkoniyati esa menda qiyinchilik tug'dirmoqda.

- O'zbek futboli deganda hayolingizga nima keladi?
- O'zbekistonda ko'p o'ynamaganim sababli faqatgina "Paxtakor" miyaga keladi. Klubdagi faoliyatimdan keyin O'zbekistonning qo'shnisi bo'lgan Qozog'istonda o'ynayotganimda bu erga kelib, "Paxtakor"dagilarni ko'rib ketgim keldi, biroq imkoniyat bo'lmadi. Hali ham yodimda chempionatda 11 gol urganman, Osiyo chempionlar ligasi turniri esa menga yoqqandi. O'zbekistonni unutmayman, fursatdan foydalanib, "Paxtakor" muxlislariga alangalik salom yo'llayman.

- Dushan, sizga katta rahmat. Bizga vaqt ajratganingiz va intervyuga yo'q demaganingizdan xursandmiz. Kelgusi faoliyatingiz va futboldan tashqaridagi hayotingizga omad tilaymiz.
- Sizdan ham minnatdorman.

Mirjalol Normatov suhbatlashdi
Rasmlar uchun Hasanboy Pirmuhamedovga minnatdorlik bildiramiz

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика