
28 yoshli Savich Qozog'istonning Kayrat klubi ko'rigida bo'ldi va Universitati jamoasiga qarshi uchrashuvda ishtirok etib, gol kiritishga ham muvaffaq bo'ldi. Shunga qaramay, u jamoaning keyingi o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etmasa kerak.
Bungacha Dushan Makedoniyaning Belasica, Pobeda, Vardar, Rabotnichki jamoalari sharafini himoya qilgan, Koreyaning Inchxon Yunayted, Ruminiyaning Brashov, Toshkentning Paxtakor va Ukrainaning Volin klublarida faoliyat olib borgan.
Savichning oxirgi jamoasi Goverla hisoblanadi. Makedoniya termasi safida 9ta uchrashuvda maydonga tushgan.