"Paxtakor"ning ikki futbolchisi terma jamoa lagerini tark etdi
27 may 2021 17:16
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/639383_original.jpg)
![](/upload/storage/639383_220.jpg)
"Paxtakor"ning ikki futbolchisi terma jamoa lagerini tark etdi
O'zbekiston milliy terma jamoasi iyun oyidagi JCH-2022 saralash bahslariga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Igor Sergeev MTJ safiga qachon qo'shilishi aniq
Ertaga terma jamoamiz Dubayga uchib ketadi va 29 may kuni Avstraliya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. 1 iyun kuni vakillarimiz Saudiya Arabistoniga uchib ketadi.
"Championat.asia" sayti olgan malumotga ko'ra, "Paxtakor" jamoasi vakillari Farruh Sayfiev hamda SHarof Muhitdinov terma jamoa lagerini tark etgan. Tez orada har ikki futbolchi o'z klubi mashg'ulotlariga qo'shiladi.
Terma jamoaning Dubayga yo'l oladigan yakuniy tarkibi hozircha elon qilingani yo'q.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar