"Paxtakor"da yangi akademiya qurilish arafasida edi, endi nima bo'ladi? Yangiliklar

"Paxtakor"da yangi akademiya qurilish arafasida edi, endi nima bo'ladi?

Teglar :  Paxtakor
Bugun Toshkent shahar hokimligi tarkibida jiddiy o'zgarish bo'ldi.

Prezident farmoni bilan Jahongir Ortiqxo'jaev o'rniga Baxtiyor Raxmonov vaqtinchalik poytaxt hokimi etib tayinlandi.

Bilamizki, "Paxtakor" klubi ayni paytda Toshkent shahar hokimiyatiga tegishli. 5 yanvar kuni Jahongir Ortiqxo'jaev va Respublika bosh vaziri Abdulla Oripov CHilonzor tumaniga tashrifi davomida klubning akademiyasiga ham kirib o'tgan edi. O'shanda Jahongir Ortiqxo'jaev akademiyaga masul vakillariga, Qibray tumanidagi sport bazada, 100 kishilik yangi yotoqxona, 5ta yangi maydon (shundan ikkitasi suniy) va tashlandiq holatda yotgan manejni qayta rekonstrukciya qilish bo'yicha loyiha tayyorlash bo'yicha topshiriq bergan.

1956 yilda tashkil topgan "Paxtakor" futbol jamoasiga yaqinda 70 yil to'ladiki, shu kungacha o'zining yotoqxonasi bor akademiya tizimiga ega emas.

Endi tug'iladigan savol, akademiyani kim quradi? "Paxtakor" muxlislari guruhlarida, bir qator ishqibozlar Jahongir Ortiqxo'jaevni jamoa homiyligidan ketmasligini so'rayaptilar.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика