"Paxtakor"da Sergeevdan yaxshiroq Abduxoliqov nega MTJda yo'q?
06 noy 2013 17:00
Yangiliklar


"Paxtakor"da Sergeevdan yaxshiroq Abduxoliqov nega MTJda yo'q?
Terma jamoa o'ynaydigan va yig'in o'tkazadigan paytda kim tayyor bo'lsa, o'sha futbolchi maydonga tushishi yoki kengaytirilgan tarkibdan joy olishi lozim.
Butun dunyoda shu ahvol. Bugun MTJning tarkibi elon qilindi. Hujum chizig'ida muammo ko'zga tashlanib turibdi. Menimcha, shu 5ta futbolchining hammasidan ham Temurxo'ja Abduxoliqov termaga munosibroq, nafaqat bugun, ertaga ham u bizga asqotadi. Joriy mavsum jamoasini almashtirish niyatida bo'lgan, ammo yakunda "Paxtakor"da qolib, goh asosiy tarkibda, goh zaxirada maydonga tushgan bo'lsa-da, bugungi kunga kelib u o'z formasiga kirib olgan Abduxoliqov jamoadoshi Sergeevdan ancha kuchli. Bir nechta o'yindan beri imkoniyatga ega bo'lib turgan Nagaevga berilayotgan imkoniyatga u ham haqli. Avvallari terma jamoamiz hujum chizig'ida SHackix harakat qilardi. Isoqov, Xolmurodov, Berdiev va Mirxoldirshoev kabi chempionatda kamida 25ta gol uradigan hujumchilarimizga ehtiyoj sezmasdik. Lekin hozir 30ta gol emas, hech bo'lmasa 3ta o'yinda bitta gol uradigan hujumchiga zormiz. Boshqalarga berilayotgan imkoniyatga Temurxo'ja Abduxoliqov ham haqli, u ham O'zbekiston farzandi, u ham hujumchi va 2018 yilgi saralash bosqichiga kelib u ham etiladi. Agar hozir uni Jeparov, Ahmedov, Kapadze kabi futbolchilar orasida pishitib olmasak, keyin kech bo'ladi. Siz o'quvchilar, bunga nima deysiz? Axir futbol faqat Sizlar uchun!

Fikrlar