“Paxtakor” yoshlari “Dinamo” bilan durang o'ynashdi
03 iyu 2016 14:07
Yangiliklar
“Paxtakor” yoshlari “Dinamo” bilan durang o'ynashdi
Rossiyaning Kaluga shahrida davom etayotgan 2002 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat jamoalar o'rtasidagi xalqaro turnirda guruh bosqichining 2-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
Musobaqada ishtirok etayotgan “Paxtakor” jamoasi yoshlari ikkinchi uchrashuvda durang natija qayd etishdi.
Suxumining “Dinamo” jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda ustunlik asosan Dilshod Nuraliev shogirdlari tarafida bo'ldi. Biroq ular ko'p bor yuzaga keltirilgan qulay imkoniyatlardan foydalana olishmadi. O'yinda hisob ochilmadi. “Paxtakor” tarbiyalanuvchilari 2-turdan keyin 4 ochko to'plagan holda guruhda peshqadam bo'lib turishibdi. Bugun “Paxtakor” 3-turda “Kaluga” klubiga qarshi maydonga tushadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar