So’nggi yangiliklar

10:42Неймарнинг келажаги маълум  0 10:10“Ал Ҳилол“ Осимхенга сўнгги дахшатли таклифни юборди  0 09:43“Арсенал“ Виктор Гёкерешни сотиб ололмаган тақдирда кимни харид қилиши маълум  1 09:16Кайл Уокер АПЛнинг бошқа жамоасига ўтиши мумкин  0 08:50Фатининг кейинги жамоаси деярли аниқ  1 08:23Хаби Алонсо “Реал“ футболчиларига ультиматум қўйди  14 07:47CAFA U20 Championship 2025. U-18 терма жамоамиз ҳеч бир учрашувда ғалаба қозонмай мусобақани якунлади  15 07:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Учта қизил кўрсатилган баҳсда “Бенфика“ кичик камбек амалга оширди  2 02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  3 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  3 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  9 22:14Дибала Рим дербисида Гендузи билан жанжал ҳақида: "Бу французнинг тили узун"  2

"Paxtakor" yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda: Suyunov safga qaytgan FOTO Yangiliklar

"Paxtakor" yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda: Suyunov safga qaytgan FOTO

Kuni kecha "Paxtakor" jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlik doirasidagi yig'inni Toshkentdagi "JAR" stadionida boshladi.

Jamoa azolari 3 yanvar kuni to'planishdi va dastavval tibbiy ko'rikdan o'tishdi. So'ngra jamoa azolari jismoniy tayyorgarlik bo'yicha mutaxassis Laslo Yambor qo'l ostida chigalyozdi mashg'ulotlarini olib borishdi.

Dastlabki kungi mashg'ulotlarga legionerlardan Marko Simich, Dragan CHeran kelib qo'shilishdi. SHartnomasi tugagan Tiago Bezerra esa hozircha jamoa lageriga qo'shilgani yo'q. Tomonlar hali yangi bitimga imzo chekishgani yo'q. Superliga to'purarining kelasi mavsumni qaerda o'tkazishi hozircha to'liq hal etilmagan. Tez orada tomonlar muzokara o'tkazish uchun stol atrofiga o'tirishlari kutilmoqda. Ismoil Gonsalvesh esa bugundan mashg'ulotlarga qo'shilishi kutilmoqda.


"Paxtakor"ni yangi mavsum oldidan bazi legionerlar tark etish ehtimoli yuqori. CHunki klub rahbariyati jamoaga yangi legioner olib kelish taraddudida. Ayni paytda "Paxtakor" yangi legioner futbolchi bilan muzokaralar o'tkazmoqda.

Mashg'ulotlarga yangilardan o'tgan mavsumni "Bunyodkor"da o'tkazgan va "sherlar"ning yangi azosiga aylangan Akrom Komilov ishtirok etmoqda.


Qo'lining panjasini sindirib olgan Eldorbek Suyunov umumiy guruhda ham, darvozabonlar mashg'ulotlarida ham bemalol to'p bilan ishlamoqda.


Kichik jarohat olgan Aleksandr Lobanov birinchi kun mashg'ulotlarida ishtirok etmadi.

Ijaradan qaytgan futbolchilar, xususan Botirali Ergashev ham "Paxtakor" lagerida shug'ullanmoqda. Yaqinda jarrohlik stoliga yotqizilgan darvozabon umumiy guruh mashg'ulotlariga yanvar oyi so'nggida qaytishi kutilmoqda. Kiper hozircha individual mashg'ulotlar o'tkazmoqda.


"Paxtakor"ning kechagi mashg'ulotidan fotogalereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика