So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  1 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

“Paxtakor” yangi futbolchilarni tanishtirdi Yangiliklar

“Paxtakor” yangi futbolchilarni tanishtirdi

Teglar :  Paxtakor
Bugun Toshkentning “Paxtakor” klubi 2016 yilgi mavsumdan oldin o'z safiga qo'shib olgan yangi futbolchilarni tanishtirdi.

Unda klub bosh direktori Rustam Ko'paysinov, sport direktori Grigoriy Ceytlin hamda yangi futbolchilar qatnashishdi.

Rustam Ko'paysinov: “Yangi mavsum boshlanmoqda. Klubga yangi kelgan futbolchilarni tanishtiramiz. Ular orasida anchadan buyon tarkibimizda ko'rishni istagan futbolchilar bor, Dekabr oyida Toshkentda ilk yig'inni o'tkazdik. BAAda ikki haftalik yig'in ham o'tkazib qaytdik. Toshkentdagi yig'in orqali yangi mavsumga so'nggi tayyorgarlikni olib bordik. Maqsadimiz o'zgarmaydi, doimgidek barcha sovrinlar uchun kurashamiz”.

Grigoriy Ceytlin: “Jamoa uchta to'liq yig'in o'tkazdi. Toshkent, Dubay va Toshkentda o'yinlar o'tkazdik. Barcha yig'inlarda o'z oldimizga qo'yilgan vazifalarni bajardik. Futbolchilar sinovdan o'tkazib olindi. Bu yilgi maqsadimiz har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga tushish”.
SHundan so'ng yangi futbolchilarga jamoa formasi topshirildi.


Bir necha yil davomida “Paxtakor”da o'ynab ko'plab sovrinlarga ega bo'lgan darvozabon Temur Jo'raev 12-raqamda o'ynaydi. “SHo'rtan”dan jamoa safiga qo'shilgan Suxrob Berdiev 19, “Navbahor”dan kelgan yarim himoyachi Azim Ahmedov 7, o'tgan yilgi mavsumni Eronda o'tkazgan Oybek Qilichev “Paxtakor”ga qaytdi va 35-raqamni tanladi. Yosh va umidli hujumchi Akobir To'raevga esa 17-raqam topshirildi.

- “Buxoro” bu mavsumda o'z oldiga katta maqsadlar qo'ygan, nima uchun siz “Paxtakor”ni tanladingiz?
Akobir To'raev:
- Yoshligimdan “Paxtakor”da o'ynashni orzu qilardim. Bu mamlakatimizning eng kuchli va shonli klubi hisoblanadi. Jamoa g'alabalariga o'z xissamni qo'shmoqchiman.

- Tarkibni bir qator etkachilar tark etishdi. Bu sizni havotirga solmayaptimi?
Rustam Ko'paysinov:
- Yo'q. To'g'ri bir necha futbolchilar ketishdi, ammo ularning o'rnini to'ldirish ishlari ham olib borildi. Barchasini yangi mavsumdagi natijalar ko'rsatib beradi.

- Jamoaga olib kelingan futbolchilar haqida nima deya olasiz?
Grigoriy Ceytlin:
- Azim Ahmedov aslida bizning jamoadan “Navbahor”ga o'tgandi. O'shandayoq biz bu klub rahbariyati bilan og'izaki kelishuvga erishgandik. Yani Ahmedov bir necha yildan so'ng uni sotib olish huquqi bor edi. Suhrob Berdievni anchadan buyon kuzatib keldik. Uni oliy liganing etakchi klublariga qarshi o'yinlari orqali kuzatdik. Akobir To'raev ham yoshligida “Paxtakor” jamoasi azosi bo'lgandi. Ammo yosh bo'lgani uchun Buxoroda o'ynadi. Endi o'z safimizga qo'shib oldik.  Oybek Qilichev va Temur Jo'raevni esa

- Lobanov ketgach jamoa darvozabonlari orasida raqobat kamaygandek. Bu yil birinchi darvozabon bo'lish imkoniyatingizni qanday baholasiz?
Temur Jo'raev:
- Jamoada aslo raqobat kamaygani yo'q. Sababi Ribkin va bir nechta yosh posbonlar bor. SHu bois birinchi raqam bo'lish juda qiyin bo'ladi. Uyimga qaytganimdan xursandman.

- Jamoa transferlar orqali o'z moliyaviy holatini yaxshilab oldimi?
Rustam Ko'paysinov:
- Faqatgina Egor Krimecning transferi orqali malum summa ishlab oldik. Aleksandr Lobanovni esa Eronga bepul qo'yib yubordik. Maxaradze, Merzlyakov va boshqa futbolchilar jamoamizni erkin agent sifatida tark etishdi.

- Endi “Paxtakor” jamoasi muxlislari sizdan Odil Ahmedovdek o'yin kutishadi. Bunga tayyormisiz?
Azim Ahmedov:
- Albatta o'z o'yinim orqali muxlislarning ishonchini oqlashga harakat qilaman. “Paxtakor” bilan katta g'alabalarga erishmoqchiman.

- Jamoaga kelgan hujumchilar Igor Sergeevning soyasida qolib ketardi. Siz bundan qo'rqmadingizmi?
Suhrob Berdiev:
- To'g'ri hujum chizig'ida raqobat juda kuchli. Ammo men raqobatdan qo'rqmayman. Hujumchilar barchamiz bir maqsad yo'lida birlashamiz.

Narzulla Saydullaev

Reyting: -15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика