So’nggi yangiliklar

20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  0 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  4 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  1 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  2 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  17 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  5 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  6 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  7 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  1 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  2

"Paxtakor" xodimi Timur Hakimovning gaplariga munosabat bildirdi Yangiliklar

"Paxtakor" xodimi Timur Hakimovning gaplariga munosabat bildirdi

Timur Hakimovning saytimizga bergan intervyusiga ko'pchilik befarq qaramayapti.

"Paxtakor" klubi xodimi Ravshan Salimov o'zining tvitter sahifasida Timur Hakimovning intervyusiga munosabat bildirdi. 

Timur Hakimov: "Odamlar men haqimda ko'p narsani bilmay gapirishyapti" (1-qism)

Timur Hakimov: "Men haqimda ko'p narsani bilmay gapirishyapti" (2-qism)

"Kimningdir yonini olish yuzasidan emas, adolat yuzasidan aytishim kerakki, Timur Hakimovning ko'p gaplari noto'g'ri, - deb yozadi Ravshan Salimov. - Futbolchilarga xos bo'lgan uslub - o'ynamasa u yoki bu narsa bo'lsa, har doim o'zini emas, murabbiyni aybdor qilish. Zaxirada o'tirgan istalgan o'yinchi bilan gaplashing, murabbiyni aybdor deydi".

Ravshan Salimov yana shunday yozgan: "Hakimovga "Zenit" yoki shunga o'xshash klubdan hech qanday taklif bo'lmagan. Hammasi og'zaki bo'lgan: u qiziqyapti, bu qiziqyapti degan gaplar. Qatardan taklif bo'lgani rost, lekin adashmasam tayini yo'q birinchi liga jamoasidan bo'lgan. SHuning uchun qo'yib yuborilmagan. "Paxtakor" Hakimovni 7 yoshidan katta qilgan. Tabiiyki uning futbolchi bo'lib etishishida birinchi manfaatdor ham klub bo'ladi. Klub ftubolchi uchun hamma narsani qilib beradi. Uyog'i esa futbolchining o'ziga bog'liq". 

"Babayanga bitta Sergeev emas, hamma futbolchi tegishli edi. Unga farqi yo'q edi kimni sotishni: Sergeevnimi yoki Hakimovnimi. SHunchaki Hakimov raqobatda Sergeevga yutqazib qo'ygan va boshqa gaplar ham bo'lgan. Aytishni o'zimga ep ko'rmayman. Qisqa qilib aytadigan bo'lsam, Hakimov yulduzlikni ko'tara olmagan. Hakimovning vaziyatida aybni murabbiyga to'nkash emas, boshqa yosh futbolchilar uchun ibrat bo'la oladigan joyini topib ko'rsatish kerak. Zora, chiqayotgan yoshlar aqlini yig'ib olsa", - deydi Salimov.

Malumot uchun, Ravshan Salimov "Paxtakor" futbol klubida licenziyalash bo'yicha menejer lavozimida ishlaydi.


Reyting: -78   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика