"Paxtakor" Vadim Abramovga minnatdorchilik bildiradi
16 sen 2015 14:35
Yangiliklar


"Paxtakor" Vadim Abramovga minnatdorchilik bildiradi
"Paxtakor"ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan bellashuvdan so'ng "Lokomotiv" bosh murabbiyi matbuot anjumanida "Paxtakor"ni muddatidan oldin chempionlik bilan tabrikladi. Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda ham u chempionat tugashiga 4 tur qolganda jamoamiz o'zaro bahsda 3:1 hisobida zafar quchgach, raqib ustozi "Paxtakor"ni chempionlik bilan tabriklagandi.
Biz bu safar ham uning bashorati amalga oshishini xohlaymiz. U jamoamiz g'alabalarini oldindan aytib beruvchi timsolga aylanib bormoqda. Biz yana bir bor saviyamizni namoyish qilib, shonli va g'alabali ananamizni davom ettirishga harakat qilamiz.
Raqib jamoa murabbiyiga esa faoliyatini davom ettirgan taqdirda u boshqaradigan har bir jamoasiga "Paxtakor" kabi nafaqat 90 daqiqa, balki qo'shimcha daqiqalarda ham kurashish xislatini tilab qolamiz. Faqat shundagina natijaga erishish mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar