So’nggi yangiliklar

23:36"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  0 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  8 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  6 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  5 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  1 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2 19:32Тер Штеген Францияда операция қилинади  3 19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  1

"Paxtakor" va "Odil Ahmedov FA", "Milan" va "Krasnodar" qatnashadigan musobaqadagi raqiblarini bilib oldilar Yangiliklar

"Paxtakor" va "Odil Ahmedov FA", "Milan" va "Krasnodar" qatnashadigan musobaqadagi raqiblarini bilib oldilar

Bugun, Belorussiya poytaxti Minsk shahrida har yili ananaviy tarzda o'tkazib kelinadigan, "Nashe Budushhee" musobaqasining 2008 yilda tavallud topgan futbolchilari o'rtasidagi turniriga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Turnirda O'zbekiston sharafini ikkita klub, "Paxtakor" va Zayniddin Tojiev boshchiligidagi "Odil Ahmedov FA" himoya qiladi. Unda Italiyaning "Milan", Rossiyaning "Krasnodar", "Torpedo", "Baltika", "Rostov" va "Akademiya Konopleva" kabi kuchli jamoalari qatnashadilar.

"Paxtakor" joy olgan A guruhida, "Pskov 747", SSHOR (Tver), RCOP BGU (Minsk) jamoalari guruh g'olibligi uchun kurash olib boradilar.

"Odil Ahmedov FA" esa "E" guruhidan joy oldi. Ulardan tashqari, "Zorkiy" (Krasnogorsk), "Partizan" (Belgorad) va Minskning "Start" jamoalari keyingi bosqichga chiqishga harakat qilib ko'radilar. 

Italiya grandi "Milan" esa "Devyatka", "Daugavpils" va "Sparta" jamoalari bilan "C" guruhidan joy oldi. 



"Bu juda kuchli musobaqa, yozgisida qatnashib 3-o'rin bilan cheklangan edik. Qishgisi ancha kuchliroq raqiblarga boy. SHuning uchun oson bo'lmaydi. Odilga rahmat, bu safar butun jamoaga homiylik qilayapti. O'z navbatida, bu bizga eng kuchlilarni musobaqaga olib borish imkoniyatini yaratib berdi. Minskdagi musobaqadan keyin bizni Barselonada bo'lib o'tadigan kuchli turnir kutib turibdi. U erda "Real", "Barselona", "Lion", PSJ, "Manchester Siti" kabi raqiblarga qarshi o'ynash imkoniyatiga ega bo'lamiz. Asosiy maqsadimiz, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 2023 yil bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati saralash o'yinlariga hozirdan tayyorlash", - deydi o'tmishning mohir hujumchisi Zayniddin Tojiev.


Musobaqada qatnashayotgan barcha 36ta jamoa bilan tanishing:


1. Devyatka (Moskva, Rossiya)

 2. Milan (Italiya)

 3. Start (Minsk, Belarus)

 4. RFSH (Riga, Latviya)

 5. Dinamo Minsk (Belarus)

 6. BATE (Minsk, Belarus)

 7. SHaxter (Soligorsk, Belarus)

 8. Odil Ahmedov FA (Toshkent, O'zbekiston)

 9. SSH-6 (Belgorod, Rossiya)

 10. RFSH-08 (Latviya)

 11. Torpedo (Moskva, Rossiya)

 12. FSHM (Moskva, Rossiya)

 13. Tekstilshhik (Ivanovo, Rossiya)

 14. Paxtakor (Toshkent, O'zbekiston)

 15. Daugavpils (Latviya)

 16.Krasnodar (Rossiya)

 17.Sparta (Minsk, Belarus)

 18. KDYUSSH «Yunior» (Kiev, Ukraina)

 19. Avangard (Kursk, Rossiya)

 20. Supernova (Latviya)

 21. Torpedo (Vladimir, Rossiya)

 22. Akademiya Konopleva (Tolyatti, Rossiya)

 23. Baltika (Kaliningrad, Rossiya)

 24. Monolit (Leningradskaya oblast, Rossiya)

 25. Minsk (Belarus)

 26. Rostov (Rossiya)

 27. Tornado (Minsk, Belarus)

 28. RCOP BGU 08 (Belarus) Bogaychuk

 29. Zorkiy (Krasnogorsk, Rossiya)

 30. Pskov 747 (Rossiya)

 31. Vardar (Rossiya)

 32. RCOP BGU (Belarus)

 33. Dmitrov (Rossiya)

 34. SSHOR (Tver,Rossiya)

 35. Metallurg (Staryy Oskol, Rossiya)

 36. Akademiya futbola (Permskiy, Kray, Rossiya)

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика