"Paxtakor" va "Odil Ahmedov FA", "Milan" va "Krasnodar" qatnashadigan musobaqadagi raqiblarini bilib oldilar

Nadirkhuja Yuldashev
3 yanv 2020, 15:40
Bugun, Belorussiya poytaxti Minsk shahrida har yili ananaviy tarzda o'tkazib kelinadigan, "Nashe Budushhee" musobaqasining 2008 yilda tavallud topgan futbolchilari o'rtasidagi turniriga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Turnirda O'zbekiston sharafini ikkita klub, "Paxtakor" va Zayniddin Tojiev boshchiligidagi "Odil Ahmedov FA" himoya qiladi. Unda Italiyaning "Milan", Rossiyaning "Krasnodar", "Torpedo", "Baltika", "Rostov" va "Akademiya Konopleva" kabi kuchli jamoalari qatnashadilar.

"Paxtakor" joy olgan A guruhida, "Pskov 747", SSHOR (Tver), RCOP BGU (Minsk) jamoalari guruh g'olibligi uchun kurash olib boradilar.

"Odil Ahmedov FA" esa "E" guruhidan joy oldi. Ulardan tashqari, "Zorkiy" (Krasnogorsk), "Partizan" (Belgorad) va Minskning "Start" jamoalari keyingi bosqichga chiqishga harakat qilib ko'radilar. 

Italiya grandi "Milan" esa "Devyatka", "Daugavpils" va "Sparta" jamoalari bilan "C" guruhidan joy oldi. 



"Bu juda kuchli musobaqa, yozgisida qatnashib 3-o'rin bilan cheklangan edik. Qishgisi ancha kuchliroq raqiblarga boy. Shuning uchun oson bo'lmaydi. Odilga rahmat, bu safar butun jamoaga homiylik qilayapti. O'z navbatida, bu bizga eng kuchlilarni musobaqaga olib borish imkoniyatini yaratib berdi. Minskdagi musobaqadan keyin bizni Barselonada bo'lib o'tadigan kuchli turnir kutib turibdi. U yerda "Real", "Barselona", "Lion", PSJ, "Manchester Siti" kabi raqiblarga qarshi o'ynash imkoniyatiga ega bo'lamiz. Asosiy maqsadimiz, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 2023 yil bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati saralash o'yinlariga hozirdan tayyorlash", - deydi o'tmishning mohir hujumchisi Zayniddin Tojiev.


Musobaqada qatnashayotgan barcha 36ta jamoa bilan tanishing:


1. Devyatka (Moskva, Rossiya)

 2. Milan (Italiya)

 3. Start (Minsk, Belarus)

 4. RFSH (Riga, Latviya)

 5. Dinamo Minsk (Belarus)

 6. BATE (Minsk, Belarus)

 7. Shaxter (Soligorsk, Belarus)

 8. Odil Ahmedov FA (Toshkent, O'zbekiston)

 9. SSH-6 (Belgorod, Rossiya)

 10. RFSH-08 (Latviya)

 11. Torpedo (Moskva, Rossiya)

 12. FSHM (Moskva, Rossiya)

 13. Tekstilshhik (Ivanovo, Rossiya)

 14. Paxtakor (Toshkent, O'zbekiston)

 15. Daugavpils (Latviya)

 16.Krasnodar (Rossiya)

 17.Sparta (Minsk, Belarus)

 18. KDYUSSH Yunior (Kiev, Ukraina)

 19. Avangard (Kursk, Rossiya)

 20. Supernova (Latviya)

 21. Torpedo (Vladimir, Rossiya)

 22. Akademiya Konopleva (Tolyatti, Rossiya)

 23. Baltika (Kaliningrad, Rossiya)

 24. Monolit (Leningradskaya oblast, Rossiya)

 25. Minsk (Belarus)

 26. Rostov (Rossiya)

 27. Tornado (Minsk, Belarus)

 28. RCOP BGU 08 (Belarus) Bogaychuk

 29. Zorkiy (Krasnogorsk, Rossiya)

 30. Pskov 747 (Rossiya)

 31. Vardar (Rossiya)

 32. RCOP BGU (Belarus)

 33. Dmitrov (Rossiya)

 34. SSHOR (Tver,Rossiya)

 35. Metallurg (Staryy Oskol, Rossiya)

 36. Akademiya futbola (Permskiy, Kray, Rossiya)

O'xshash yangiliklar


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia