So’nggi yangiliklar

23:12Флик ҳозирча "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  0 22:55Аморим Фергюсоннинг гаплари ҳақида фикр билдирди  1 22:31"Қизилқум" 22 ёшли футболчиси билан шартномани узайтирди  0 22:11Марсело "Барселона"дан "Реал"га кимни олган бўларди?  2 21:59Пеп Гвардиола: "Ҳозир "Сити" АПЛ чемпионлиги учун курашадиган ҳолатда эмас"  2 21:37Тьерри Анри: "Арсенал" ушбу мавсумда чемпион бўлиши керак"  0 21:13Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр  21 20:59Алонсо "Реал"даги фаолиятини баҳолашни истамади  0 20:36Фергюсон МЮнинг соврин ютиши учун қанча вақт кетишини айтди  1 20:16Виктор Фонт: "Лапорта кўп гапиради, лекин кам иш қилади. Мен қайтсам, Мессини клуб билан боғлайман"  7 19:41Исак Швецияда 2025 йилнинг энг яхши ўйинчиси деб топилди  2 18:59Футзал. Ўзбекистон Россияга қарши ўйинда даҳшатли камбэк қайд этиб, ғалабага эришди  14 18:47Азиз Амонов — "Динамо" футболчиси  13 18:25"Арсенал" мухлислари учун хушхабар  0 17:39"Насаф": Шароф Муҳитдинов билан шартнома узайтирилди  2

"Paxtakor" uchun bu gaplarni eshitish og'ir Yangiliklar

"Paxtakor" uchun bu gaplarni eshitish og'ir

Kecha "Paxtakor" Osiyo chempionlar Ligasi Elit musobaqasida 3-tur o'yinini o'tkazdi.

Iroqda "Al SHorta" bilan kechgan bahsda hisob ochilmadi. Mezbonlar bosh murabbiyi o'yindan keyingi matbuot anjumanida aytib o'tganidek, "Al SHorta" ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldi va to'p kirita olmadi. 

"Bugun biz uch nafar hujumchi bilan o'ynadik va "Paxtakor" bizga hech qanday xavf tug'dira olmadi, chunki ularning o'yin uslubini to'liq o'rganib chiqqandik. Biz gol urish uchun "dahshatli" imkoniyatlarni qo'ldan chiqardik. Bugun omad biz tomonda emacdi. Men murabbiylik faoliyatimda bunday imkoniyatlarni qo'ldan chiqargan jamoani birinchi marta boshqarayapman", - dedi "Al SHorta" murabbiyi Ahmed Salah.

Endi vaziyatga "Paxtakor" tomondan qaraydigan bo'lsak, bunday gaplarni eshitish "Paxtakor" uchun og'ir deb o'ylayman. CHunki "Paxtakor" shu paytgacha Iroq klublarini ko'rdim demasdi. SHonli "Paxtakor" davrida jamoa faqat Saudiya klublari bilan qiynalardi, agar shunda ham raqib "Ad Hilol" bo'lsa.


Iroq jamoalari yirik hisobda yutqazib qo'ymaslik uchun o'ynardi, endi esa buning aksi bo'lyapti. Kecha "Paxtakor" yutqazib qo'ymaslik uchun o'ynadi. Iroq jamoasi esa faqat yutishga harakat qildi.

"Paxtakor" bungacha Iroq klublari bilan 8 bor bellashib, shundan 5tasida g'alaba qozongandi. Jami o'yinlardagi to'plar nisbati ham chiroyli bo'lgan: 14-5. Lekin hozir ko'ryapmizki, "Paxtakor" avvalgidek kuchga ega emas. Jamoaning bu ketishda hatto kuchli 8likka kirishi ham murakkab bo'lib qoladi.

Osiyo chempionlar Ligasi Elit musobaqasi bu ketishda faqat G'arb uchun xizmat qiladi. Biz esa "Muhimi - ishtirok!" qabilidagi jamoalarga aylanib qolamiz. CHunki tan olaylik, G'arb futboli bizdan ancha ilgarilab ketdi. Klublarga tikilayotgan katta pullar, kosmik summaga xarid qilinayotgan legionerlar, chempionatda tomoshaboplik ortayotgani - bularning bari xalqaro o'yinlarda o'z tasirini ko'rsatadi.

Ular oldida biz g'aribmiz. Biz o'rtamiyona saviyadagi chempionat bilan ular bilan tengma-teng o'ynay olmaymiz. Hartugul oldin Geynrix, Odil Ahmedovga o'xshagan kreativ futbolchilar bo'lardi, ularning harakati evaziga ko'p o'yinlarda g'alaba qozonilgani hamon yodimizda, hozirgi "Paxtakor"da jamoani elkasida olib yuradigan futbolchi ko'zga tashlanmayapti, CHeranga kelsak, umr o'tyapti. 

Xayrulla Xoliqov

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика