"Paxtakor": Tarbiyalanuvchilarimiz Rostovda uchinchi bo'lishdi
31 avg 2015 11:28
Yangiliklar


"Paxtakor": Tarbiyalanuvchilarimiz Rostovda uchinchi bo'lishdi
2001 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat tarbiyalanuvchilarimiz "Viktor Ponedelnik Kubogi"da 3-o'rinni egallashdi.
5-turda "Viktor Ponedelnik akademiyasi" bilan 1:1 natijasi qayd etildi. 5 o'yinda 8 ochko to'plagan Stanislav Kudryashov shogirdlari musobaqada sovrinli 3-pog'onani band etishdi. CHempionlik PAOKka, 2-o'rin "Anji"ga nasib etdi.
Yarim himoyachi Diyor Ramazonov musobaqaning eng yaxshi yarim himoyachisi sifatida etirof etildi. Turnirning yopilish marosimida afsonaviy futbolchi Viktor Ponedelnikning o'zi ishtirok etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar