So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

"Paxtakor": SSSR chempionatidagi eng yaxshi natijaga 55 yil to'ldi Yangiliklar

"Paxtakor": SSSR chempionatidagi eng yaxshi natijaga 55 yil to'ldi

Teglar :  SSSRPaxtakor
1962 yil 18 noyabr kuni yakunlangan chempionatda jamoa 6-o'rinni egallagandi.

O'sha yili “Torpedo” Moskva, “SHaxtyor” Doneck va “Zenit” Leningrad kabi klublarni ortda qoldirgan “Paxtakor” yuqori oltilikdan o'rin egallab, o'zining Sobiq Ittifoq chempionatlari tarixidagi eng yaxshi natijasini ko'rsatgandi. Ushbu natija oradan 20 yil o'tgach, 1982 yil yana takrorlangan.

55 yil avval “Paxtakor” mavsumdagi so'nggi o'yinini Toshkentda Doneckning “SHaxtyor” jamoasiga qarshi o'tkazgan. 35 ming ishqiboz stadionda kuzatgan uchrashuvda jamoamiz 2:1 hisobida zafar quchgan. Gollarni Muxin va Tazetdinov urgan.

Birodar Abduraimov o'sha mavsum 8 to'p kiritib, “Paxtakor” to'purariga aylangan. Gollardan birini  Lev Yashin darvozasiga urgani etiborga molik.

1962 yilgi mavsumda ko'rsatilgan natija sababli “Paxtakor”ning 14 nafar futbolchisi “Sport ustasi” unvoni bilan taqdirlangan.

Jamoani o'shanda Aleksandr Andreevich Keller boshqargan. Biz ushbu tarixiy natijaga erishgan barchani tabriklab, hayotdan ko'z yumganlarni xotirlaymiz.

Yuriy Pshenichnikov, Sulaymon Demerji, Maqsud SHaripov, Oleg Motorin, Vitaliy Suyunov, Stanislav Semyonov, Yuriy Matveev, Vilgelm Qahhorov, Vladimir Tojirov, Idgay Tazetdinov, Valeriy Muxin, Hamid Rahmatullaev, Viktor Nersesov, Yuriy Fedosov, Yuriy Belyakov, Birodar Abduraimov, Gennadiy Krasnickiy, Igor Malinovskiy, Anatoliy Morozov, Viktor Orlov.

Klub rahbariyati 1962 yilgi tarkibda bo'lgan murabbiy va futbolchilarga, ularning yaqinlariga hurmatini izhor qiladi hamda ushbu yubiley bilan tabriklaydi. Sizlarni doim eslaymiz, yutuqlaringiz bilan faxrlanamiz!

Reyting: +57   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика