

Dastlabki 3 o'rinni kutilganidek Moskva jamoalari egalladilar (SSKA, “Spartak” va “Torpedo”). Bir yo'la uch jamoa – “Metallurg” (Zaporoje), “Paxtakor” (Toshkent) va “Metallist” (Xarkov) 25 tadan ochko to'pladilar va yutuqlar soni evaziga paxtakorchilar oliy ligada o'z o'rinlarini saqlab qoldilar. Shu bilan jamoalar keyingi yilgi mavsumga tayyorgarlik ko'ra boshladilar.
Biroq yil yakunida hududiy jihatdan dunyoning eng katta mamlakatida bo'lgan siyosiy o'zgarishlar hamma narsani o'zgartirib yubordi. 1991 yil 25 dekabrda Sovet Prezidenti Gorbachev iste'foga chiqdi va 26 dekabrda SSSR Oliy Soveti o'zini tarqatib yuborib, SSSR degan davlat tugatilganini e'lon qildi.
O'zbekiston to'rt oy avval o'z mustaqilligini e'lon qilgani sababli, futbol musobaqasini ham o'zi alohida o'tkazsa maqsadga muvofiq bo'lardi. Biroq o'sha paytda yangi mamlakat hududida bir-biri bilan raqobatlasha oladigan faqatgina 3 klub bor edi xolos: “Paxtakor” (Toshkent), “Neftchi” (Farg'ona) va “Navbahor” (Namangan). Vodiyning ikki jamoasi SSSR birinchi ligasi ishtirokchilari hisoblanishardi.
Sobiq ittifoq respublikalari futbol mutasaddilarining boshi qotgan, bu yog'iga nima bo'lishini hech kim bilmasdi. Shunda mutaxassislar va jurnalistlar tomonidan turli takliflar berila boshlandi. Kimdir chempionatni eski xolicha, faqat MDH nomi bilan o'tkazishni, kimdir mustaqil chempionatimiz o'tkazish lozimligi, bahonada boshqa viloyatlar futboli ham yuksalishi haqida fikr bildirdi. Hali hech narsa aniq bo'lmagan paytda, 1992 yilning ilk kunlarida sport jurnalisti Abror Imomxo'jaev ham bu voqealarga o'z munosabatini bildirdi. Quyida uning o'sha paytdagi fikrlari bilan tanishasiz.

“Turkiston” gazetasining 1992 yil 3 yanvar sonidan olingan).
AVVALDAN aytib qo'yay, sport siyosatdan xoli degan fikrlar allaqachon eskirib qoldi. 1980 yilgi Moskva Olimpiadasiga qator kapitalistik mamlakatlarning kelmasligi, bunga javoban 1984 yili Los-Anjeles shahrida bo'lib o'tgan yozgi Olimpiada o'yinlariga socialistik lagerning tashrif buyurmasligi siyosat sportga ham tobora suqilib kirayotganligini yaqqol ko'rsatdi.
Lekin bu - jahondagi ikki yirik tuzumga taalluqli bo'lib, bunga bir mamlakat, ayniqsa, respublika rahbariyati qarshi fikr bildirishi amri mahol edi. O'zbekmi, ukrainmi, armanmi - hamma millat vakillari bir bo'lib faqat sovet sporti sharafini himoya qilishardi. Shuning uchun ham bundan ikki yil muqaddam Tbilisining Dinamo va Vilnyusning Jalgiris futbol komandalari SSSR birinchiligi o'yinlarida qatnashishdan bosh tortib, xalqaro musobaqalarda o'z respublikalari sharaflarini himoya qilishga qaror qilganlarida ularning boshlariga qanchalik malomat toshlari yog'ilmadi... Endi o'z yog'lariga qovurilishadi, Ajralganni bo'ri eydi, Ular xato qilishdi, biroq hali qaytishlari uchun imkoniyat bor. Ana shu singari sarlavhalar ostida qator maqolalar beri- lib barcha ayb ajralganlarga to'nkaldi.
Gruziya va Litva futbol federatsiyalari Xalqaro futbol uyushmasi - FIFAga maktub yo'llab, endi mustaqil birinchiliklarini o'tkazishlarini, shuning uchun respublika terma komandalarini tuzib, xalqaro musobaqalarda ishtirok etishga ruxsat berilishini talab qildilar. Biroq Cyurixdagi shtab-kvartiraga SSSR Futbol federatsiyasi yo'llagan telegramma oldinroq yetib keldi. Unda bu ikki o'zboshimchalarga ruxsat bermaslik, aks holda mamlakat futboli parokandalikka uchrashi ma'lum qilingan edi. SSSR fut- bolining rahbari Vyacheslav Koloskov bir vaqtning o'zida FIFAning vice-prezidenti ham ekanligi inobatga olinsa, masala qay tomonga ijobiy hal qilinganini fahmlash mushkul ish emas: Gruziya va Litva futbollari tan olinmagani mayli, ular biror xalqaro uchrashuv o'tkazish huquqidan ham mahrum bo'ldilar.
* * *
Futbol sohasida mustaqil bo'lish haqidagi qarorni ko'pchilik Litva va Gruziyadagi siyosiy oqimga burgan bo'lsa-da, bu - mamlakat futboli boshida turgan amaldorlarga ham qarshi chiqish edi. SSSR sport Davlat qo'mitasi futbol va xokkey boshqarmasiga V. Koloskov boshchiligida bir qator bilimdonlar to'planib olishgan ediki, butun mamlakatdagi futbol va uning atrofidagi o'yinlarni ana shular boshqarar edilar. Kim qaysi ligada o'ynashi, qaysi o'yinda, qaysi komandada to'p surishi, o'yinlar qanday natijalar bilan tugashi aynan o'shalarga bog'liq edi.
Mamlakat futboli faqat ma'lum kishilar va guruhlarga xizmat qila boshladi. Bu yerda faqat markazning manfaatlari o'ylanib, qolganlar ik- kinchi darajali bo'lib qoldi. Bir vaqtlar oliy ligada dong chikargan Olmaotaning Qayrat, Bokuning Neftchi, Toshkentning Paxtakor komandalari birinchi ligadan mustahkam joy oldilar. O'rta Osiyoda markaziy o'yinlar o'tkazilmay ko'yildi. Avvallari havo sovuk bo'lganda SSSR terma komandasi uchrashuvlari janubga ko'chirilardi. Mamlakat birinchiligining yoki SSSR Kubogining hal kiluvchi o'yinlari ham lozim bo'lganda shu yerda, ko'lincha Toshkentda o'tkazilardi. Endi esa... Bu erning komandalari kuchlilar bilan o'ynash hukukidan mahrum edilar, To'g'ri, yilda bir marta chet elga chiqish imkoniyati paydo bo'ladi, fakat buning uchun futbolni endi tadbik qilayotgan Afrika davlatlari tanlanardi.
Eng yaxshi murabbiylar markaziy komandalarda ishlashar, oliy liga uchrashuvlarining yarmidan ko'pini faqat moskvalik hakamlar boshkari- shardi.
Koloskovchilar faqat Ukrainadan hayiqishardi. Chunki 6u yerda yetishib chiqayotgan istedodlar xalqaro miqyosda ham obro' orttirishgan edi-da. V. Lobanovskiy boshchiligida Kievning Dinamo komandasi mamlakat futbolida peshqadam bo'lishdan tashqari Ovro'poda ham dong taratgan, SSSR terma komandasining 90 foizi ham ana shu jamoadan tashkil topgan edi.
Egallab turgan mavqeidan foydalanib, aynan Lobanovskiy birinchilardan bo'lib koloskovchilarga qarshi kurash e'lon qildi, Mamlakatda atak-chechak qilayotgan oshkoralik ham futbolga o'z vaqtida kirib keldi. Komsomolskaya pravda ro'znomasi, ayniksa, Futbol haftaligi mamlakat futbolidagi salbiy hollarni birin-ketin oshkor qila boshlashdi. Kechayotgan voqealar hamma sohaga burun suqadigan KPSS Markaziy Qo'mitasining ham e'tiboridan chetda qolmadi. Markaziy Qo'mita kotibi Ligachyov Lobanovskiy va uning hamfikrlarini qabul qildi hamda ularga yordam qo'lini cho'zishga vada berdi. Kurashayotganlarning asosiy maqsadi - futbol va xokkey boshqarmasini sport Davlat qo'mitasi tasarrufidan chiqarib, alohida mustaqil uyushma tuzish edi.
Ularning talabi kondirildi. Davlat idorasidan mutlako xoli bulgan, mustaqil, xo'jalik hisobida ish yurituvchi SSSR Futbol federatsiyasi tashkil topdi va unga boshliq qilib... V. Koloskov saylandi.
V. Lobanovskiyning ortiqcha kurashishga vaqti yo'q edi. U bir yo'la ham Ki- evning Dinamo jamoasini, ham SSSR terma komandasini yangidan-yangi shohsupalarga olib chiqayotgandi. Futbol haftaligi ham kurashni to'xtatdi. U federatsiyaning nashriga aylantirilib, o'zboshimcha muharrir V. Ponedelnik o'z vazifasidan chetlashtirildi.
Mamlakatning o'ziga xos ikki jamoasi ana shu voqealar zamirida ham ish tashladi. Avval Tbilisining Dinamo, so'ng Vilnyusning Jalgiris komandasi SSSR Futbol federatsiyasi boshqarayotgan mamlakat birinchiligida ishtirok etishdan bosh tortishdi. Yuqorida aytganimizdek, koloskovchilar bu xunuk holni zo'r berib siyosiy voqealarga taqashdi va o'z faoliyatlarini davom ettiraverishdi.
* * *
1990 yil esa ularning omadi keldi. V. Lobanovskiy boshchilik qilgan SSSR terma komandasi Jahon birinchiligida muvaffaqiyatsiz ishtirok etib, birinchi davradan so'ng boshini ham qilib chiqib ketdi. Bu masala zudlik bilan futbol federatsiyasida ko'rib chiqildi va mamlakat futbolining eng mohir murabbiylaridan biri Lobanovskiy ishda yo'l quygan xatolari uchun terma komanda trenerligidan oeod qilindi. Bu vaqtga kelib Lobanovskiy shogirdlarining Ovro'po futbol bozorida narxi baland bo'lib, birgina A. Zavarov uchun Italiyaning Yuventus komandasi 5 million dollar to'ladi. Sovet futbolida bu narx hali hech kimga qo'yilmagan edi. A. Mixaylichenko Italiyaning Sampdoriya klubiga ana shu pulning yarmi miqdori uchun o'tib ketdi. To'g'ri, dastlab ularning o'yini bu yurtda qovushmadi, biroq chet elda millionlab dollar bekorga sarflanmaydi. Hozirgi kunda Zavarov Fransiyaning Nansi klubida yetakchi o'yinchilar- dan biri bo'lsa, Shotlandiyaning Glazgo Reynjers klubi rahbarlari Mixaylichenko va kievlik yana bir futbolchi O. Kuznecov uchun ketkazgan dollarlariga achinmayaptilar.
Kutilmagan muvaffaqiyatsizlik Lobanovskiyning ham narxini tu- shirmadi. Birlashgan Arab Amirliklari shayxlaridan biri shaxsan o'zi Lobanovskiy bilan shartnoma imzolab yurtiga olib ketdi, ukrainalik mutaxassis millionlar evaziga endi ana shu mamlakat terma komandasiga rahbarlik qilayapti.
Kievning mashhur Dinamo jamoasi a'zolari ham tezda sotib olindi: V. Chanov va A. Bal Isroilga, A. Demyanenko va I. Yaremchuk Olmoniyaga, B. Rac Vengriyaga, G. Litovchenko va O. Protasov Gretsiyaga, S Yuran Portugaliyaga jo'nab xetdilar. O'tgan yilgi mamlakat birinchiligida Kievning Dinamo komandasi butunlay o'rinbosarlar tarkibi bilan qatnashdi va shunga qaramasdan beshinchi o'rinni egallashga muvaffaq bo'ldi.
* * *
Shu tariqa koloskovchilar yakkahokim bo'lib qoldilar, Ular yaqin-atrofda raqobat yo'qligini ko'rib shunday oshkora harakat kildilarki, endi futbol atrofidagi o'yinlarni oddiy ishqibozlar ham seza boshladilar, O'tgan mavsumda oliy ligadagi so'nggi turlarni eslang. Ketma-ket mo'jizalar. Bir mavsum davomida uch marta trener almashib, so'nggi pog'onalarda borayotgan Vladikavkazning Spartak komandasi so'nggi to'rt uchrashuvning hammasida g'olib chiqib (ikkitasi raqiblar maydonida) rekord o'rnatdi. Xo'jalik hisobiga birinchilardan o'tgan Dnepr o'z maydondagi so'nggi ikki o'yinda quyi pog'onalarda borayotgan Pomir va “Paxtakor”lardan engildi. Dnepropetrovskliklar vatandoshlariga yordam berishlariga ishondimi, Xarkovning “Metallist” komandasi butun vositalarni ishga solib, mamlakat chempioni SSKAni dog'da qoldirdi. Biroq ular ish- bilarmonlikda sal kechikkan edilar.
Bular hammasi oliy ligada, yani millionlab ishqibozlar nigohi tu- shadigan joyda sodir bo'ldi Quyi ligalarda esa bundan ham zo'rroq tomoshalar ketardi. Ikkinchi liganing Markaziy mintaqasida so'nggi tur oldidan Moskvaning Asmaral va Samara shahrining Krilya Sovetov komandalari bir xil imkoniyatga ega edilar. Faqat yutuqlar soni va to'plar nisbatiga ko'ra samaralik futbolchilar birinchi o'rinni egallashlari aniq edi. Bu Asmaral uchun yuz minglab rubllar sarflayotgan klub prezidenti, iroqlik millioner Al Xolidini qoniqtirmas edi. U mavsum boshidayoq Asmaral 1-o'rinni egallaydi deb jar solgandi. Endi nima qilish kerak?
Birinchi vazifa anik: Krilya Sovetov so'nggi o'yinda kanday bo'lmasin mag'lubiyatga uchrashi lozim. Shunday bo'ldi xam. Asmaralni har tomonlama qo'llab-quvvatlaydigan Rossiya Futbol federatsiyasining boshlig'i A. Pomorcev Ryazan shaxriga borib maxalliy “Torpedo” va “Krilya Soeetov” uchrashuvining tepasida turdi. Rahbarning tashrifi bejiz kyetmadi va Krilya Sovetov 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
Biroq oldinda yanada murakkabroq vazifa turardi. Asmaral o'z may- donida Kirovakanning Lori komandasi darvozasiga 10 ga yaqin to'p kiritishi zarur edi. Buni yaxshi faxmlagan Lori futbolchilari maydonga tushishga shoshilmadilar. Bordi-yu uchrashuv o'gkazilmasa, unda Loriga 0:3 hisobida mag'lubiyat yozilardi, xolos. Asmaral rahbarlari shoshib qolishdi. Ichkarida shartlashuv uzoq cho'zildi. Nihoyat, komandalar o'yinni yarim soat kechikib boshladilar va Asmaral... 14:0 hisobida g'alaba qozondi!
Farg'onaning Neftyanik komandasi bundan ikki yil burun birinchi ligaga yo'llanma olishi lozimligini ko'pchilik yaxshi bilardi. O'sha yili jamoa barcha o'yinlarni ko'tarinki ruhda o'tkazib, o'tish turnirida ishtirok etdi. Suxumining Dinamo komandasi bilan so'nggi o'yinda faqat bir kishi uchrashuv taqdirini hal qildi - u ham bo'lsa o'yin hakami S. Xusainov. Bu mening shaxsiy fikrim emas, buni o'sha kungi o'yingohga yig'ilgan o'n minglab tomoshabinlar ham tasdiqlashadi, Bu haqda faqat Farg'ona haqiqatidagina emas (28.11,89), balki Futbol-xokkey haftaligida (17.12.89) ham yozildi. Uyin boshlanishi bilan Husainov 6u erga V. Koloskovning mas'ul topshirig'i - qanday qilib bo'lmasin, gruzin futbolchilariga yordam ko'rsatish uchun kelganligini ma'lum qildi. Oxir-oqibatda u har qanday so'kishlarga mardonavor chidab berib, o'z burchini bajardi, - mualliflar bu o'yin haqida ana shunday hisobot bergan edilar. Bu voqea nima bilan tugadi dersiz? S. Husainov kelasi yilgi mavsumning birinchi davra uchrashuvlarini boshqarish huquqidan mahrum bo'ldn, xolos...
Hakamning bu tariqa sovg'alarini bu yil Navbahor futbolchilari ham totib ko'rishdi. Abovyanda ular mahalliy Kotayk futbolchilari ustidan g'alaba qozonayotganini ko'rgan hakam bor vositalarni ishga soldi: maydon egalari darvozasiga ikki marta 100 foizliq 11 metrlik jarima to'pi belgilamadi. O'z navbatida hech narsa bo'lmagan joyda ana shunday jarimani Navbahor darvozasi tomon belgiladi, Natijada namanganlik futbolchilar 2:3 hisobida mag'lubiyatga uchradilar. Jamoa bosh murabbiysi bu uchrashuv videoyozuvini SSSR Futbol federatsiyasining maxsus ko.missiyasiga topshirdi. U yerdagilar butun o'yinni diqqat bilan ko'rib Navbahor komandasiga chin dildan achindilar va... hakamni jazolab, o'yin natijasini o'zgarishsiz qoldirdilar. Bunday paytda dodingni kimga aytasan?
* * *
O'yinlar jadvalining tuzilishi har yili noroziliklarga sabab bo'ladn. Biroq o'zgarish yo'q. Maasum boshlanishida moskvalik komandalar o'z raqiblarini usti yopiq maydonlarda qabul qiladilar va to raqib maydonga ko'nikkuncha ular o'yin taqdirini o'z foydalariga hal qiladilar O'tgan mavsum oxirida Moskvada o'yinlar shunchalik ko'payib ketdiki, hatto bir kunda ketma-ket uch o'yin poytaxtda o'tkazilgan kunlar bo'ldi. Ochkolar sarhisob qilinayotgan paytda esa moskvalik komandalar... bir-birlari bilan uchrashdilar. Mavsum yauniga ko'ra shohsupani faqat moskvaliklar egallagani ham ana shunday xayrixohliklar oqibatida bo'lsa kerak.
O'yinlar orasidagi tanaffuslar-chi? 4 sentyabr kuni Paxtakor Araratni qabul qildi. Kelasi uchrashuv ikki haftadan keyin, undan keyingisi yana uch haftadan keyin. Bunday uzilishlardan kimga foyda? Faqat Ovrupo kuboklarida ishtirok etadigan 2-3 komanda uchun. Kolganlar-chi? Birinchilik 2 noyabr kuni yakunlandi. Biroq toliqqan futbolchilarga dam qayoqda deysiz? Noyabr oxirigacha SSSR Kubogi o'yinlari belgilangan. Shimoliy shaharlarda bu paytda qahraton qish bo'ladi. Futbolni yaratganlar qor ustidagi o'yinni nazarda tutishmagan- ku?!
Futbol sharhi (Rossiyaniki) ham borgan sari maxalliylashib ketayapti. Andrey Pyatnickiy, Mirjalol Qosimov, Oleg Sinelobovlarning qoyilmaqom gollaridan so'ng umid bilan Futbol sharhini kutamiz. Yo'q, Paxtakor, Pomir kabi komandalardan hatto lavhalar ham berilmaydi. Sovetsqiy sport, Futbol ro'znomalariga ko'z yugurtirsangiz, barcha intervyular moskvalik va ukrainalik futbolchilar bilan. Xuddi qolganlar ikkinchi darajalikdek. Bunday targ'ibot o'z ishinn qildi. Avval A. Pyatnicqiy SSSR yoshlar, so'ngra M. Qosimov SSSR Olimpiya terma komandasi tarkibidan chiqarildilar.
* * *
Bunday ahvol qachongacha davom etishi noma'lum edi. Biroq Cyurixdan orziqib kutilgan telegramma keldi. Boltiqbo'yi respublikalari siyosiy jihatdan tan olingandan so'ng, ularning futboli ham FIFA tomonidan tan olindi. 7 dekabr kuni shu qarorga kelgan futbol rahbarlari, ertasigayoq bu yangi terma komandalarni qur'a tashlash marosimiga qo'shdilar. 1994 yili AQSHda bo'ladigan navbatdagi Jahon chempionatining saralash musobaqalarida sobiq SSSRdan to'rt vakil ishtirok etadi: SSSR (kim nazarda tutilganligi noma'lum), Latviya, Litva va Estoniya davlatlari.
Bu xabarni ko'pchilik tushungan holda qabul qildi, Har holda bu res- publikalar juda katta qchyinchiliklardan so'ng mustaqilliqka ega bo'lgan- dilar. Biroq 20 qun avval bo'lib o'tgan Ukraina futbol federatsiyasining plenumi, aniqrog'i, uning qarori qo'pchilikni shoshirib qo'ydi. Bu erlik futbol mutaxassislari Litva va Gruziya voqealaridan to'g'ri xulosa chiqarib avval mustaqillik to'g'risidagi respublika referendumini kutdilar va uning natijasidan kelib chiqqan holda SSSR Futbol federatsiyasi tarkibidan chiqib, kelasi yildan boshlab mustaqil birinchiliklarni o'tkazish haqida qaror qabul qildilar. Ukraina - Litva yoki Gruziya emas, faqat oliy liganing o'zida 6 komandasi bilan ishtirok etayotgan Ukrainaning mamlakat futbolidan ayrilishi jiddiy voqeadir,
* * *
Ammo koloskovchilar pinagini ham buzmay kelasi yilgi mamlakat birin- chiligini o'tkazishga tayyorgarlik ko'rayotganligi kishini tashvishlantiradi. Lekin ularning holatini tushunsa bo'ladi: Boltiqbo'yi respublikalari va Ukrainadan tashqari qolgan barcha respublikalar mamlakat birinchiligida ishtirok etishga rozilik berganliklari to'g'risida matbuotda xabar berildi. Shu jumladan O'zbekiston ham. Biroq oddiy ishqiboz ham bunday vaziyatda oliy liga faqat 5, nari borsa 6 respublikadan iborat bulib qolishini yaxshi fahmlaydi.
Xo'sh, bunday oliy liga bizga keraqmi? U yerda qatnashish bizga hech qanday naf bermaydi. Birinchidan, Ovrupo futbol uyushmasi - UEFA qitadagi mamlakatlar bir-biriga o'yinchilar berishda hech qanday cheklashlar bo'lmasligi to'g'risida qaror kabul qnldi, Yani 1 yanvardan boshlab nafaqat kuchli, balki o'rtamiyona futbolchilar ham boshqa mamlakatlarga jo'nab koladilar. Chunki u yerda sovet pulidan yuqori turadigan valyutalarda maosh oladilar. SSKA, Spartak kabi quchli jamoalarning deyarli butun tarkibi chet elga jo'naydi. Paxtakor kim bilan o'ynab tajriba orttiradi?
Ukraina chiqib ketgandan so'ng sport principiga amal qilinishini Koloskovning o'zi aytgan: yani birinchi ligada yuqori o'rinlarni egallagan komandalarga oliy ligadan joy beriladi, Ular asosan Rossiyaning qomandalari: Rotor, Rostselmash, Uralmash, Lokomotiv. Bunday kyetishda Farg'onaning Neftyaniq qomandasiga ham omad kulib boqishi mumqin. Biroq bunday omad bizga kerakmi? Boshqa bir guruh (ular toifasiga respublikamiz futbol mutaxassislari ham kiradi) oliy ligada barcha respublikalarga o'rin berilishi tarafdori. Yani birinchi ligada quyi o'rinlarni egallagan Olmaotaning Qayrat, Bokuning Neftchi va hatto o'tgan mavsumda ikkinchi ligada kuch sinashgan Ashxobodning Ko- petdog' va Bishkekning Olg'a komandalari bir yo'la ikki pog'ona sakrab oliy ligaga yo'llanma oladilar. Qani bu yerda mantiq?
Mayli, aytayliq, kuchsizlar bilan bahsda 3-4-o'rinlarni egallarmiz, So'ng Ovrupo kuboklarmda Sovet futboli sharafini himoya qilamizmi?
Ikkinchidan, iqtisodiy tomondan nazar tashlasak ham, mamlakat birin- chiligida qatnashish har bir qomanda uchun qimmatga tushadi. Taxminlarga ko'ra, Moskvaga bir marta borib o'ynab kelish uchun 25 ming rublga yaqin pul kerak. Bir yilda 5 marta borish uchun-chi? Umuman, yil davomida butun mamlakat bo'ylab sayr qilish shartmi? Tasavvur qiling, oliy va birinchi ligadagi 40 ga yaqin komanda musobaqani to'xtatsa, samolyotlarga navbat qanchalik kamayardi...
Uchinchidan, SSSR degan davlatning o'zi yo'q. Barcha Ittifoq vazirliklari tugatildi. Nega endi SSSR Futbol federatsiyasi qolishi kerak? U yerdagi amaldorlar-ku, o'z o'rindig'iga mahkam yopishib olib hech kimga gap bermayapti. Lekin o'zini mustaqil davlat deb e'lon qilgan respublikalarning mutasaddilari-chi?!
Nahotki, O'zbekiston futboli SSSR futbol federatsiyasidan ajralib chi- qib mustaqil ish ko'ra bilmaydi?! Buning uchun hammadan ajralib chiqib ko'r-qo'rona O'zbekiston birinchiligini o'tkazish shart emas. O'rta Osiyo va Qozog'iston respublika rahbarlari tutayotgan yo'l asosida Turkiston bi- rinchiligini o'tkazsa bo'ladi-qu!
Ochig'i, yaqinda Futbolniy qurer haftalig'ida bir maqolani o'qib xursand bo'lgan edim. Garchand, unda respublikamiz shaniga iliq fikrlar bildirilmagan bo'lsa-da. Unda muallif O'rta Osiyo va Qozog'iston futbol rahbarlari alohida Musulmon ligasi tuzib, o'sha yerda birinchilik o'tkazmoqchi bo'layotgani, bunday xatarli yo'lning tashabbuskori O'zbekiston Futbol federatsiyasi ekanligi haqida quyunib yozganini qo'rib milliy g'ururim jo'sh urgan edi. Har holda biznikilar ham qo'l qovushtirib o'tirmayotgan ekan, degan fiqrga kelgan edim.
Biroq oradan hech qancha vaqt o'tmay xuddi o'sha haftalikda O'zbekiston Futbol federatsiyasining mas'ul kotibi S. Budagovning javobi bosilib chiqqach, hafsalam pir bo'ldi U muallifni tuhmatchiliqda ayblab, hech qanday musulmon birinchiligi o'tkazilmasligi, yig'ilishda bor-yo'g'i hududda futbolni rivojlantirish to'g'risida gap borganligi, ajralish to'g'risida gap ham bo'lmasligi haqida yozib, hatto bunday noto'g'ri axborot uchun Futbolniy qurerni sudga ham bermoqchi bo'ldi. Afsus...
Qiziq, Budagov qimdan qo'rqib ketdi? Axir muallif unga o'ylab ko'rsa arziydigan g'oya tashlabdi-ku' Hatto, bunday yig'ilishga Ozarbayjondan vakil kelmoqchi bo'lganini ham qo'shib qo'yibdi. Nima bo'pti, ular ham musulmon, bizga qo'shilsa osmon uzilib erga tushmaydi. Aksincha safimiz kengayadi, yoki mas'ul kotib birinchilikni “musulmon” deb atalishidan cho'chidimi? Mayli, unda nomi yuqorida aytganimizdek, Turkiston birinchiligi yoki yana boshqa narsa bo'lsin. Asosiy gap nomdamas-ku! Yoki shlyapaning o'rniga do'ppi kiysa, odam birdan o'zgarib qoladi-mi?
O'rta Osiyo, Qozog'iston va Ozarbayjon Respublikalari ishtirokidagi mustaqil birinchilikka va shu asosda qanday qilib xorijga chiqish mumkinligi haqidagi fikrlarga men ancha avval bir to'xtamga kelganman va Samandar O'zbekiston - Hindiston qo'shma korxonasiga qarashli bo'lgan Film’C oynomasi buyurtmasiga ko'ra bu haqda Uzoqqa bormaylik - o'zimizning Osiyoni olaylik... nomli maqola qilib berganman. Shu yilning birinchi oyida ana shu oynomaning ilk soni chiqadi va undan mening takliflarim o'rin olgan. U maqolani yozgan paytimda FIFA hali Boltiqbo'yi Respublikalarini tan olmagan, Ukraina futboli mamlakatdan ajralib chiqmagan va Futbolniy kurerda Budagovning javobi bosilmagan edi. Oynoma texnologiyasi shundayki, u ikki oy avval tayyorlanadi. Shuning uchun ham maqola chiqquncha Turkiston birinchiligi ha- qida bir qarorga kelinsa, uning ahamikti qolmasdi. Bari-bir men xursand bo'lardim! Nima farqi bor, bu taklif mendan chiqdimi yoki Budagovdan - muhimi mantiqiy fikrlash o'z samarasini berardi. Biroq..
* * *
Umuman, O'zbekiston Futbol federatsiyasi mamlakat (qaysi) birinchiligida qatnashishga rozilik berganligiga ajablanmasa ham bo'ladi. Chunki bu yerdagi eskicha fikrlash bilan yangicha ish qilish juda mushkul. Yuqorida mamlakat futbolida ro'y berayotgan mo'jizalar haqida yozdik, biroq o'zimizdagi mo'jizalar undan ham ziyod. Ammo maqsadim birovning yuziga qora chaplash emas. Faqat bu mahkamada O'zbekiston futboli uchun jon kuydiradiganlar deyarli yo'qligidan kishi tashvishga tushadi. Bundan bir necha yil avval birgina “Yosh leninchi”da bu mavzuga bag'ishlanib qancha maqolalar berildi. O'shanda biz ehtirosga berilmasdan, xatoliklarni punktma-punkt ko'rsatganmiz. Asosiy maqsadimiz millionlab muxlislari bor komanda taqdirini 3-4 kishi hal qilmasin degan fikrda edi. Biroq xatolardan to'g'ri xulosa chiqarish o'rniga, sport Davlat qo'mitasining o'sha paytdagi raisi A. Antonec tahririyatga mualliflarni 6u sohani tushunmaslikda ayblab, ja- vob qaytarardi. Bazi hollarda savollar umuman javobsiz qolib ketardi. Biz esa Aleksandr Radionovich o'zbekchani tushunmagani uchun javob qaytarmadi, deb o'zimizni ovuntirardik.
Lekin bu maqolalar xalq etiboridan chetda qolmasdi. Ular orasidan saylangan deputatlar bu lavozimga O. Nazirovni afzal ko'rishdi. Obid aka bilan shaxsan tanish bo'lmasam-da, uning olib borayotgan siyosatidan xabarim bor. Oz vaqt ichida qo'mitadagi ko'pgina amaldorlar o'z o'rinlarini mahalliy kadrlarga bo'shatib berdilar U kishi deputatlarga bergan vadasining ustidan chiqdi: Paxtakor oliy ligaga qo'shildi, Neftyanik va Nav- bahor komandalari birinchi ligadan mustahkam joy oldilar.
Biroq O. Nazirovning futboldan boshqa mingta tashvishi bor. Jumhuriyat kishilari sog'lom bo'lishlari, O'zbekiston sportining shon-shuhrati jahonga tanilishi uchun hali ko'p ish qilish lozim. Shuning uchun ham, O'zbekiston Futbol federatsiyasi sport qo'mita tasarrufidan chiqib, xo'jalik hisobidagi mustaqil uyushma bo'lgandan keyin o'z aravasini o'zi tortishi lozim edi.
Biroq aynan shu masala og'irroq kechmoqda Bu yerda uzoqni ko'zlab siyosat olib borilmaydi chog'i, hamma narsalar vaqtincha. Federatsiya raisi A. Inoyatov qarshi bo'lsa ham Novikov “Paxtakor”ga tayinlanadi, so'ng ishdan olinib uning o'rniga Inoyatov o'tiradi. Bo'shab qolgan federatsiya raisi lavozimiga taniqli mutaxassis A. Rustamov saylanadi. Biroq oradan ikki oy o'tmay, yangi rais – E. Aminov. Paxtakor komandasi boshlig'i va klub prezidenti I. Fozilov 1 yil o'tmay bo'shab ketdi. Komanda boshlig'i bo'lib saylangan A. Tolibjonov bir yil o'tmay o'z lavozimiga qayta tayinlandi. Novikov davrida selekciya ishini uddalay olmagan va buning uchun ishdan bo'shatib yuborilgan N. Lyubarcev kuni kecha yana trener qilib tayinlanibdi. Inoyatovga yordamchi bo'lgan ikkinchi trener O. Bugaev 1 chorak o'tmasdan qayoqqadir g'oyib bo'ldi. Bazilevich, Sekech, Novikov “saboqlari”dan so'ng endi A. Tarxanov taklif qilinibdi. Bular hammasi bosh komanda - faqat bir jamoa atrofidagi o'yinlar. Qolgan joylarda-chi? “Kosonsoychi”da bir mavsumda nechta trener almashdi? Nega Volchok “Navbahor”ni eng yuqori cho'qqiga olib chiqqanidan, Abduraimov esa Umidni bir yilda oyoqqa turg'izganidan so'ng tashlab kyetishdi?
Bu savollarga kim javob beradi? Hech kim. Chunki Futbol federatsiyasida doimo shunday qilishga odatlanishgan. Kim biladi, balki Aminov poyqadami yoqib biror o'zgarish bo'lar. Federatsiya a'zoligiga boshqa kasblar qatori jurnalistlarni ham qo'shish kerak degan taklif bilan Yosh leninchi gazetasi qayta qurishning dastlabki yillari chiqqan edi...
* * *
25 dekabr kuni Moskvada mamlakat chempionatining navbatdagi mavsumi muhokama qilindi. Unda hamma qatori O'zbekistondan ham vakil qatnashishi ko'zda tutilgan edi. U erlarda nima gap bo'lgani menga qorong'u. Biroq hali o'ylash uchun vaqt bor. 11 yanvar kuni SSSR Futbol federatsiyasining plenumi bo'ladi. Ana shu plenumgina navbatdagi birinchilik qoidalarini tasdiqlaydi. Nahotki, biz o'zi yo'q bo'lgan mamlakat o'yinlarida ishtirok etsak?!
Abror IMOMXO'JAEV.
P.S. Muallifning so'nggi xitobidagi fikrni nafaqat u, balki boshqa respublikalardagi uning hamkasblari ham ko'tarishdi. Shunda V. Koloskov shosha-pisha tashkilot nomini MDH futbol federatsiyasiga o'zgartirdi va unga yana o'zi rahbar bo'ldi. U 1992 yilda MDH chempionati o'tkazilishi, unda 20 jamoa qatnashishini ma'lum qildi. Yuqorida takidlanganidek, ular orasida Litva va Gruziya klublari bo'lmasligi aniq edi. Keyinchalik, Ukraina, Latviya, Estoniya, Armaniston, Moldova va Turkmaniston klublari ham qatnashmasliklarini ma'lum qilishdi. MDH chempionatida Moskvaning 6 klubi, O'rta Osiyoning “Paxtakor”, “Neftchi”, “Navbahor”, “Pomir”, “Qayrat” va “Olg'a”, qolganlari Rossiyaning quyi ligadagi jamoalari qatnashishi belgilangandi.
Bu orada O'zbekiston SSR futbol federatsiyasi O'zbekiston Respublikasi futbol federatsiyasiga aylantirildi. 1992 yilning 31 yanvar kuni yangi federatsiya ijroqo'mining birinchi yig'ilishi o'tkazildi va unda 2 ta muhim qaror qabul qilindi.
1. O'zbekiston Milliy va Olimpiya terma jamoalarini tuzish.
2. O'zbekiston milliy chempionatini o'tkazish.
“Paxtakor”, “Neftchi” va “Navbahor” klublari MDH chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgani bois, milliy chempionatda ularning o'rinbosarlari qatnashishi belgilab qo'yildi. Biroq, ijroqo'm yig'ilishing ertasiga Moskvadan “bomba” xabar keldi. Moskvaning beshta eng yaxshi klublari MDH chempionatini boykot qilib, alohida Rossiya chempionati o'tkazishga kelishib, bu haqda memorandum imzolabdilar. Bu esa MDH chempionati boshlanmasdan nihoyasiga etganini bildirardi. Shu tariqa, 1992 yildan boshlab, yangi O'zbekiston chempionatiga asos solindi...



