"Paxtakor" sobiq ustozi Livan terma jamoasini boshqaradi
16 dek 2023 12:50
Yangiliklar
"Paxtakor" sobiq ustozi Livan terma jamoasini boshqaradi
CHernogoriya terma jamoasini tark etgan Miodrag Radulovich ikkinchi marta Livanni boshqaradigan bo'ldi.
Miodrag Radulovich 2015-2019 yillarda ham Livan terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan va 37 ta o'yinda 13 ta g'alaba, 13 ta durang va 11 ta mag'lubiyat qayd etgan.
Livan terma jamoasi 12 yanvarda start oladigan Osiyo Kubogi musobaqasi "A" guruhidan joy olgan. Livanliklar guruhda Qatar, Xitoy va Tojikiston bilan o'ynashadi.
Malumot o'rnida, Radulovich 2010 yilda "Paxtakor" bosh murabbiyi bo'lgan.
O’xshash yangiliklar
15:27
Eshitdik-da! "Neftchi" Superliganing eng yaxshi legionerlaridan biri bilan kelishuvga erishdi 41
Fikrlar