"Paxtakor" sobiq futbolchisi Qozog'iston chempionatida yilning eng yaxshi menejeri deb topildi
15 noy 2023 21:16
Yangiliklar
"Paxtakor" sobiq futbolchisi Qozog'iston chempionatida yilning eng yaxshi menejeri deb topildi
Qozog'istonning Goal.kz portali Qozog'iston chempionatida yilning eng yaxshi menejeri deb "Paxtakor", MXSK va "Do'stlik" klublari sobiq o'yinchisi Ulug'bek Asanbaevni topdi. Sobiq futbolchi to'rt yil davomida (1997-2000) O'zbekistonda to'p tepgan va ikki marta chempion bo'lgan.
Futbolchilik faoliyatini yakunlagandan so'ng, Asanbaev Qarag'andaning "SHaxtyor" klubi, "Ordabasi" va "Aktobe" jamoalarida sport direktori bo'lib ishlagan. O'tgan yili Ulug'bek Paxritdinovich "Orbadasi" klubi rahbariyatiga qaytdi.
Goal.kz nashri Ulug'bek Asanbaevning tarkib shakllantirishdagi oqilona faoliyatini alohida qayd etgan. Uning boshqaruv davrida klubga "Ordabasi" tarixidagi ilk chempionlikni qo'lga kiritishida hal qiluvchi rollarni o'ynagan futbolchilar keldi. Qozog'istonlik Asxat Tagibergen, Sergey Malyy va Tamirlan Erlanov, ukrainalik Evgeniy Makarenko va albatta, o'zbekistonlik Bobir Abdixoliqov shular jumlasidandir.
Fikrlar