So’nggi yangiliklar

17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  0 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  1 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  11 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1

"Paxtakor" "Roma" bilan durang o'ynaganiga 46 yil bo'ldi Yangiliklar

"Paxtakor" "Roma" bilan durang o'ynaganiga 46 yil bo'ldi

Teglar :  RomaPaxtakor
1972 yil "Paxtakor" o'rtoqlik uchrashuvida Italiyada "Roma"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushgan.

"L´Unita" gazetasi sharafiga o'tkazilgan uchrashuv 1972 yil 27 sentyabr kuni Rimdagi "Olimpiko" stadionida bo'lib o'tgan. O'sha paytda rimliklarni argentinalik taniqli murabbiy, jahon futbolidagi eng mashhur mutaxassislardan biri hisoblangan Elenio Errera boshqarardi. Jamoamizga esa Vyacheslav Solovyov boshchilik qilgan. Bir mavsum ilgari bir ochko farq tufayli UEFA Kubogi yo'llanmasidan quruq qolgan "Roma" bilan uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etilgan. Birinchi bo'limda har ikki jamoaning hujumlari samarasiz yakunlangan. "Paxtakor"ning o'yin borasida mezbonlardan hech bir jabhada qolishmagani o'yin sharhlarida etirof etilgan.

Ikkinchi bo'limda rimliklardan Lucho Muezan hisobni ochgan. Hisobni tenglashtirishga uringan "Paxtakor" buni kamchilikda uddalagan. 86-daqiqada Razzoq Turg'unov maydondan chetlatilgan. Oradan ikki daqiqa o'tgach, Vladimir Fyodorov aniq zarbasi bilan muvozanatni tiklagan. SHu tariqa bellashuv 1:1 hisobida yakuniga etgan.


"ROMA" - "PAXTAKOR" - 1:1
1972 yil 27 sentyabr. Rim. "Olimpiko" stadioni. 18000 tomoshabin.
Hakam:
Luiji Frasso (Italiya).
"Roma": Alberto Jinulfi, Jorjo Morini, Franko Pechchenini, Elvio Salvori, Aldo Bet, Serjo Santarini, Anjelo Oradzi, Valerio Spadoni, Lucho Muezan, Franko Kordova, Valter Francot.
(2-bo'lim): Alberto Jinulfi, Franchesko Skaratti, Jovanni Bertini, Franchesko Rokka, Renato Kapelli, Serjo Santarini, Ivo Banella, Stefano Pellegrini, Lucho Muezan, Franko Kordova (Agostino Di Bartolomei, 66), Roberto Viki.
Murabbiy - Elenio ERRERA (Argentina).
"Paxtakor": Aleksandr Govorov, Yuriy Basov (Rahim Mo'minov, 46), Vladimir SHtern, Viktor Varyuxin, Razzoq Turg'unov, Yuriy Ivanov (Anatoliy Lisakovskiy, 72), Vyacheslav Soloxo (Bahodir Ibrohimov, 46), Vyacheslav Kuzmin, Birodar Abduraimov, Vladimir Fyodorov, Mixail An.
Murabbiy - Vyacheslav Solovyov.
Gollar: Muezan, 47 - 1:0. Fyodorov, 88 - 1:1.
CHetlatish: Turg'unov, 86.


Reyting: +52   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика