So’nggi yangiliklar

01:58"Сирдарё ФА" бош мураббийи Аббос Махсталиев: "Мақсадимиз – академия ёшларига имконият бериш"  0 01:40Соврин! "Тоттенхэм" "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилиб, Европа лигасида ғолиб чиқди ва ЕЧЛ йўлланмасини қўлга киритди!  47 00:44"Локомотив" "Бунёдкор"ни мағлуб қилса ҳам гуруҳда қолиб кетган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 00:37Саудия Арабистони. "Ал Насср" ғалаба қозонди, Роналду 935-голини урди  4 00:32Эндрик жароҳати туфайли Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатини ўтказиб юборади  1 00:05Илёс Зейтуллаев: "Футболда ғалабадан кўра, мағлубият кўпроқ сабоқ беради"   0 23:35Кейн Бундеслиганинг энг яхши футболчиси деб топилди  0 23:05Григорий Колосовский: "Ғалаба бор, лекин гуруҳ босқичида тўхтадик"  0 22:38Расман: Флик "Барселона" билан шартномасини узайтирди  3 22:09Никола Лазаревич: "Бугунги ўйинда футболчиларимнинг ҳаракатларидан кўнглим тўлди"  1 21:45Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир жамоага ҳурмат билан қараймиз"  0 21:24Ўзбекистон кубоги плей-офф босқичининг барча иштирокчилари аниқ. Қуръа қачон ўтказилади?  5 20:45Ўзбекистон Кубоги гуруҳ босқичи якунланди. "Олимпик Мобиуз" кейинги босқичга йўлланма олди (бугунги натижалар)  11 20:23"Арсенал" Родриго билан музокараларни бошлади  5 19:48Ўзбекистон Кубоги. "Локомотив" 6 очко тўплаган бўлсада гуруҳда қолиб кетди, "Қўқон-1912" ва "Қизилқум" кейинги босқичда  7

"Paxtakor" rahbariyatiga taklif: Qars ikki qo'ldan chiqadi. CHeran klubni chiroyli va munosib tark etishi kerak Yangiliklar

"Paxtakor" rahbariyatiga taklif: Qars ikki qo'ldan chiqadi. CHeran klubni chiroyli va munosib tark etishi kerak

Superliganing so'nggi turlariga kelib "Paxtakor" jamoasidagi o'zgarishlar, natijalar ko'pchilikda turlicha taxminlarni keltirib chiqarmoqda.

Ayniqsa, Dragan CHeran, Sardor Sobirxo'jaevning o'rinbosarlar jamoasiga yuborilganiku tushunarsiz vaziyat. Jamoa ruliga qaytgan Maksim SHackix OKMK bilan o'yindan so'ng bu mavzuni yopish kerakligini va boshqa vajlarni keltirdi. Bu ikki futbolchi Dubayga "Istiqlol" bilan uchrashuvga ham olib ketilmadi. 


 Maksim SHackix: "CHeran, Sobirxo'jaev borasidagi savollar menga berilmasin. Bu mavzu yopilgan"


CHeran "Paxtakor"ga bugun kelib qolgani yo'q

Jamoaning ichida, balki rahbariyat balki murabbiy bilan nima bo'lgani bizga qorong'u. CHeran "Paxtakor"ga bugun yoki kecha kelib qolgani yo'q. Bu klubda 6 yildan buyon faoliyat olib bormoqda va uncha-muncha futbolchidan ko'p kiyim almashtirgan. Milliy chempionatlarimizda bir necha mavsumlardan buyon to'purarlik salohiyatini namoyish etib kelayotgan serbiyalik legioner futbolchi Dragan CHeran 2016 yilda "Nasaf"ga SHimoliy Makedoniyaning "Vardar" klubidan kelib qo'shilgan. Qarshiliklar safidagi 2 yillik muvaffaqiyatli faoliyatidan so'ng 2018 yilda Toshkentning "Paxtakor" klubi safiga ko'chib o'tgan. Yillar kesimida hisoblab ko'rsak, Dragan CHeran milliy chempionatlarimizda ketma-ket 8 mavsumdan buyon o'ynab kelmoqda. 


"Agar kimdir "Sen O'zbekistonga yo'l olib, u erda eng yaxshi futbolchi bo'lasan" deganida, ishonmagan bo'lardim. Barchamizning o'z maqsad va orzularimiz bor. Hamma Evropada o'ynashni xohlaydi, ammo Osiyoda baxtli insonga aylandim. Bu taqdir...",- degan edi Dragan. 



Qars ikki qo'ldan chiqishi kerak yoxud suniy yoshartirishga qarshiman

Nima uchundir aynan bu yilning oxiriga kelib CHeranning keragi bo'lmay qolgani juda g'alati ko'rindi. Superligada 200ga yaqin o'yinda 140 ta gol urgan futbolchi, "Paxtakor"ning Superliga,boz ustiga jamoaning asosiy figurasi, 37 yoshda Superliganing eng yaxshi to'purari bo'lib turgan futbolchi. Balki klub rahbariyati tarkibni yoshartirish yo'liga o'tayotgandir lekin suniy shunchaki yoshlarni ham tushirib yuborish ham noto'g'ri yo'l hisoblanadi. Yoshlar o'zidan kattalar bilan raqobatlashish orqali o'sishga erishadi. Bunda "Paxtakor"da CHeran, Sobirxo'jaev kabi "dedlar" katta rol o'ynashadi. Dragan esa haqiqiy sardor. Bir paytlar Ilhom Suyunov, Kamoliddin Tojiev, Aleksandr Geynrix kabi futbolchilar yonida Krimec, Kozak, Iskanderovlar nimadir o'rgangan. Mayli o'rtada nima o'tdi, nima bo'ldi barini unuting janob "Paxtakor" murabbiy va rahbarlari. Agar ketkazish niyatingiz bo'lsa, "Bunyodkor" bilan o'yinda 15 daqiqaga bo'lsa ham imkon bering. U gol ursa, urmasa muxlislar oldida yuqori hurmat bilan xayrlashishi zarur. Bu erda ikki tomon ziddiyati emas futbolchi va muxlislar hurmat ustun bo'lsin. "Paxtakor" o'z qadriyatlari, ananalariga ega klub. Bunday klubga afsonalarni hurmatsiz ohangda shunchaki ketkazib yuborish yarashmaydi. SHu yilda klub afsonasi Krasnickiyni ortda qoldirgan CHeran "Paxtakor"ning O'zbekiston chempionatlaridagi va yuqori ligalardagi eng yaxshi to'purariga aylangan. Ketma-ket 6 yil mavsumni to'purar sifatida yakunlamoqda. U "Paxtakor"dagi umrini zaxirada yoki shunchaki o'tkazmadi. 


CHeran Krasnickiyni ortda qoldirdi



SHackixning boshidan o'tgan holat

Dragan CHerandagi vaziyat bir vaqtlar Maksning boshidan o'tgan. Buni tanasida his qilgan. U o'zining eng gullagan davrlari shubhasiz Kievning "Dinamo" klubida o'tgan. 1999 yil Valeriy Lobanovskiy murabbiyligidagi jamoaga o'tgan Maks ushbu klubda 10 yil o'ynadi. SHu vaqt ichida ikki marta Ukraina chempionati to'purariga aylandi. 1999 yil 28 iyulida SHackix Evropa CHempionlar ligasidagi dastlabki golini "Jalgiris"ga qarshi o'yinda urdi. SHu tariqa, hujumchi ECHLda gol urgan dastlabki osiyolik futbolchi bo'ldi. Undan oldin UEFA bayrog'i ostidagi musobaqalarda Mirjalol Qosimov to'p kiritgandi. CHempionlar ligasida o'tkazgan 9 mavsumi davomida hujumchi 11 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan. Kiev jamoasida 1999 yildan boshlab o'ynab kelgan hujumchi o'shandan beri xoh Lobanovskiy davrida bo'lsin, xoh Sabo yoki Demyanenko davrida bo'lsin jamoaning birinchi raqamli xujumchisi edi. Syomin kelgach esa vaziyat butunlay o'zgardi. Dastavval sekin-asta Maksimni zaxiraga moslashtirgan Syomin, keyinchalik uni umuman bu erga mixlab qo'ydi. Uning bu qaroridan terma jamoamiz ham zarar ko'rgan edi. Esingizda bo'lsa, JCH-2010 saralashining hal qiluvchi bahslarida Maksimning o'yin amaliyotisiz qolishi, termamizning natijalarida ham salbiy bo'y ko'rsatgan edi.  

2009 yilning 26 mayida Kiev klubi "SHaxtyor"ga qarshi o'ynadi. O'sha o'yin Maksim uchun bu klub safidagi oxirgi o'yin bo'lib qolishi malum edi. "Dinamo" stadioniga muxlislar hujumchiga atab ajoyib bannerni osishdi. Afsuski, Kiev jamoasi bosh murabbiyi Yuriy Syomin uni o'sha bahsda maydonga tushirmagan. Bannerni tomosha qiling.



Ukraina Premer Ligasi. 2008/2009 mavsum

30-tur. 26.05.2009. "Valeriy Lobanovskiy" stadion. 15 800 tomoshabin

Bosh hakam: Evgeniy Gerenda 

"Dinamo Kiev" - "SHaxtyor Doneck" 1:0

Gol: Artyom Milevskiy 79

"Dinamo Kiev": SHovkovskiy, Asatiani, Yussuf, Mandzyuk, El-Kadduri, Vukoevich, Korrea, Aliev, Eremenko, Gioane, Milevskiy

Zaxira: Bogush, Dopilka, Morozyuk, Kravchenko, Gusev, Yarmolenko, Zozulya

Bosh murabbiy: Yuriy Syomin


"Muxlislarga katta rahmat! Bu holatda oddiy qarab bo'lmasdi. O'zimni yig'idan zo'rg'a to'xtatdim. Ushbu bannerni esdalik uchun olib qo'ydim", - degandi o'sha uchrashuvdan so'ng SHackix.  


Xulosa

SHunday ekan bunday sharaf bilan xayrlashishga murabbiy qarshilik qilmasa kerak. Tanasi boshqa dard bilmas degan maqol unga to'g'ri kelmaydi. Boisi yuqorida aytib o'tdik. Jahon futbolida ham bunday vaziyatlar bo'lib turgan. Deylik, Van Galning Bastian SHvanshtaygerni MYU o'rinbosarlar safiga tushirib yuborilgani, "Real"da Kasilyas, Raul, Yerro bilan shunday holat yuz bergani jamoatchilikka malum. Lekin biz o'zbekmiz va hurmatni joyiga qo'yadigan xalqmiz. O'ylaymanki, "Paxtakor" rahbariyati to'g'ri qaror qabul qiladi. Balki CHeranning o'zidan ham xato o'tgandir lekin bunday muhim pallada tashabbus "sherlar"dan chiqishi to'g'ri hisoblanadi. 

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика