"Paxtakor" O'zbekiston termasi va "Nasaf" azosi bilan og'zaki kelishuvga erishdi
13 jan 2019 03:22
Yangiliklar
"Paxtakor" O'zbekiston termasi va "Nasaf" azosi bilan og'zaki kelishuvga erishdi
Malum bo'lishicha, tomonlar o'zaro og'zaki kelishuvga erishishgan. Bu malumotni "Nasaf" kiperi, ayni paytda BAAda o'tayotgan Osiyo Kubogida O'zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilayotgan Sanjar Quvvatov saytimiz xodimi SHahboz Beg'amovga tasdiqladi. Hozircha hech qanday rasmiy shartnoma imzolanmagan. Katta ehtimol bilan Osiyo Kubogidan so'ng Quvvatov rasman "Paxtakor" azosiga aylanishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Sanjar Quvvatov "Mashal" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Quvvatov "Nasaf"ga 2016 yili "Mashal"dan o'tgan va qarshiliklar bilan 3 mavsumda O'zbekiston superkubogi, bronza va kumush medallariga ega chiqqan.
Qayd etish kerakki, Sanjar Quvvatovning "Nasaf" bilan amaldagi shartnomasi 2018 yil yakuniga qadar mo'ljallangandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar