So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  0 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  0 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  8 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  6 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  4 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

"Paxtakor" - "Olmaliq". Uchrashuv prevyusi Yangiliklar

"Paxtakor" - "Olmaliq". Uchrashuv prevyusi

Teglar :  OlmaliqPaxtakor
9 noyabr kuni oliy liga 28-turida "Paxtakor" Toshkentda "Olmaliq" bilan maydonga tushadi.

Mazkur o'yin "Paxtakor" uchun joriy mavsumdagi so'nggi uy bellashuviga aylanadi. SHu sababli futbolchilar muxlislarni xursand etishga astoydil harakat qilishadi.

Jamoalar milliy chempionatlarda o'zaro 19 uchrashuvda to'qnash kelishgan. "Paxtakor" hisobida 13 g'alaba, 2 durang va 4 mag'lubiyat mavjud. Raqib darvozasi 28 bor ishg'ol etilib, 12 to'p o'tkazib yuborilgan. Toshkentdagi o'yinlarda 6 g'alaba, 2 durang va 1 mag'lubiyat qayd etilgan.

Siz ushbu uchrashuvga tashrif buyurib, ko'plab sovg'alarga ega chiqish va ularni jahon futboli afsonasi, “Barselona” klubining sobiq himoyachisi Karles Puyoldan qabul qilishingiz mumkin. U ishqibozlarga futbol to'plari va futbolkalarni taqdim etadi.

SHuningdek, siz jamoalarning keskin to'qnashuvidan tashqari 2ta "IPhone 7 32 GB" telefoni va 3 dona "Artel" televizorlariga ega bo'lish imkoniyatini qo'lga kiritasiz. O'yinning tanaffus payti va uchrashuv yakunlangandan so'ng o'tkaziladigan akciyada chipta va abonement sohiblari ishtirok etishadi.

O'yinni Ahrol Risqullaev boshqaradi. U oliy ligada ilk marta jamoamiz ishtirokidagi uchrashuvda ishlaydi.

"PAXTAKOR" - "OLMALIQ"
Hakamlar:
Ahrol Risqullaev (Toshkent), Bobur Qodirov (Buxoro), Abdurahmon Qo'ldoshev (Buxoro), Elyor Tursunov (Buxoro).
Nazoratchi: Ibrohim SHaripov (Buxoro).
PFL vakili: Baxtiyor Mametov.

Uchrashuvdan avval ishqibozlar uchun ko'ngilochar dastur tashkil etiladi. 9 noyabr, payshanba kuni 16:00da boshlanadigan dasturdan so'ng jamoalar maydonga tushib, 17:00da o'yinni boshlab berishadi.


Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика