So’nggi yangiliklar

14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  13 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  1 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   2 12:05Шерзод Файзиев қаерда?   6 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   1 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1 10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  5 10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  3 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  6 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  10 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  21 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2

"Paxtakor" "Neftchi"ning 9 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasiga chek qo'ydi Yangiliklar

"Paxtakor" "Neftchi"ning 9 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasiga chek qo'ydi

Oliy Liga 9-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Neftchi" o'yinining matnli translyaciyasi bilan shu erda tanishib borishingiz mumkin bo'ldi.

"Paxtakor" - "Neftchi" 2:0

Toshkent. "Paxtakor" stadioni.
Hakamlar: O. Tolibjonov (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), A. Po'latov (Toshkent), A. Najafaliev (Toshkent)
Nazoratchi:
I. Nexochin (Namangan)

Gollar: Krimec 35, Sergeev 69.

"Paxtakor": Lobanov, Merzlyakov, Krimec, Oraxovac, Hoshimov, Ismatullaev, Maxaradze (s), Kozak, Karimov (Soliev 85), Sergeev, Pardaev ( Andreev 67)
Zaxira: Ribkin, Xolmuhammedov, Masharipov, Alimov, Rogovanov

"Neftchi":
CHeremisin, Ermatov, Mehmonov, Po'latov, Nurboev (Xolmatov 63), Rahmonov, Rasulov, Qodirov, Saidov (s), Yoqubov (Bobojonov 71), Hakimov (Haydarov 46).
Zaxira: Smorodin, Nurmatov, Ahmedov, Kapadze

Ogohlantirish: Hakimov 7, Oraxovac 87.


Ushbu g'alaba bilan "Paxtakor" muxlislarini tabriklab qolamiz. "Neftchi" muxlislariga esa sabr tilaymiz! Keyingi o'yinlarda ko'rishguncha sog' va omon bo'ling!

90+3. Nihoyat o'yin yakunlandi.


90. Ikkinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun hakam 3 daqiqa qo'shib berdi.


88. Xolmatov tomonidan ajoyib jarima zarbasi amalga oshirilgandi. Lekin, to'p biroz noaniq ketdi.


87. Oraxovac Bobojonovga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun sariq kartochka ishlab oldi.


85. Anvar Soliev maydonga tushdi. SHerzod Karimovning o'rniga!


83. Zarbaaa!!! Murod Bobojonov qulay imkoniyatni qo'ldan boy berdi. Unga Akmal Xolmatov ajoyib tarzda to'pni etkazib bergandi! Lekin, Murod to'pni to'xtatmasdan raqib darvozasiga kiritmoqchi bo'ldi...


77. "Neftchi" oldinga o'tmoqda!


74. SHerzod Karimov Holmatovga nisbatan qo'pollik ishlatdi.


69. GOOOOOLLL! Igor Sergeeevvv!!! SHerzod Karimovning chap qanotdan etkazib bergan to'pini boshi bilan raqib darvozasiga yo'llagan hujumchi hisobni oshirdi - 2:0!


67. Mezbonlar safida Bahodir Pardaev o'rniga Stanislav Andreev maydonga tushdi.


63. "Neftchi"da o'zgarish. Oybek Nurboev o'rniga Akmal Xolmatov tushirildi.


62. Zarbaaa! Yana to'sin! Bu safar Igor Sergeev!!!


61. Pardaevda yana imkoniyat bo'lishi mumkin edi. Lekin, "Neftchi" himoyachilari tartibli o'yin namoyish etishdi.


57. Zarbaaa!!! Pardaeeeev! Bahodir hisobni 2:0ga etkazishi mumkin edi. Biroq, CHermisinning ajoyib seyvi bunga yo'l qo'ymadi!


55. "Paxtakor" oldinga intilmoqda!


53. Muxlislar yomg'ir sababli stadionni tark etishni boshladilar...


51. Toshkentda yomg'ir boshlangan! Bu o'yinga halal berishi mumkin!


50. Zarbaaaa!!! Kozakning chamasi 30 metrlardan bergan zarbasi CHeremisin qo'riqlayotgan darvozaning to'siniga tegib qaytdi!


49. Xavfli vaziyayayayayatttt! Umid Qodirov! Jarima maydoni ichiga yorib kirib zarba bergan futbolchining to'pini Lobanov egallab oldi!


47. Mehmonlar burchakdan to'pni o'yinga kiritishdi. Ammo, "Paxtakor" himoyachilari o'z o'rinlarida!


46. "Neftchi"da o'zgarish. Hakimov o'rniga Otabek Haydarov maydonga tushdi.


Ikkinchi bo'lim boshlandi!


O'yinni tomosha qilish uchun ko'plab farg'onalik muxlislar tashrif buyurganlar!


Tanaffus!


45+1. Birinchi bo'lim yakunlandi! Hozircha mezbonlar 1:0 hisobida g'alaba qozonmoqdalar!


44. Murod Ismoilov asabiylashmoqda. U doimgidek o'yinni o'rnidan turganicha kuzatib bormoqda.


41. Akbar Ismatullaev yana maydonda yotibdi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.


39. SHerzod Karimovning uzoqdan bergan zarbasi juda balandga ketdi.


35. GOOOOOLLL!!! Egor Krimec! Burchakdan oshirib berilgan to'pga Oraxovac boshi bilan zarba berdi. SHundan so'ng to'p Egorga kelib tushdi. Baland bo'yli himoyachi esa boshi bilan raqib darvozasiga gol kiritdi!


34. Muxlislar o'z jamoalarini faol tarzda qo'llab-quvvatlamoqdalar!


32. Zarbaaaa! Kaxi Maxaradzeee! CHap qanotdan oshirib berilgan to'pni chap oyog'i bilan darvozaga yo'llagan futbolchi o'yinda hisobni ochishi mumkin edi...


31. SHerzod Karimovning bergan zarbasi CHeremisin qo'liga borib tushdi.


29. "Neftchi" tomonidan raqib jarima maydonchasi ichida havfli vaziyat uyushtirilgandi. Lekin, toshkentlik futbolchilar himoyada bexato harakat qilishdi.


26. Xavfli vaziyayayayat! Kozak! "Paxtakor" hisobni ochishi mumkin edi. Biroq, yotib olib bergan zarba "Neftchi" darvozasiga aniq bormadi.


23. "Neftchi" futbolchilaridan navbatdagi qo'pollik! Mehmonlar bugun "jyostkiy futbol" namoyish etmoqdalar.


21."Paxtakor" futbolchisining bergan kuchli zarbasidan so'ng Jahongir Mehmonov bir muddat maydonda yotdi. Hayriyatki, uning ahvoli yaxshi. Jahongir o'yinni davom ettiradi!


19. SHerzod Karimovning jarimadan bergan zarbasi hech kimga tegmasdan maydon tashqarisiga chiqib ketdi.


15. Farg'onaliklar "Paxtakor"ga hujum qilish uchun imkon bermayaptilar.


12. Endi Kozakning jarima zarbasidan so'ng CHeremisinga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Mezbonlarda "Fol v atake"!


10. Havfli vaziyat! Jarima to'pidan etkazib berilgan to'pdan so'ng "Neftchi" darvozasi oldida xavfli vaziyat yuzaga kelgandi. Bu vaziyatda mehmonlar posboni to'pga chiqishga xatolikka yo'l qo'ydi.


7. SHerzod Hakimov ogohlantirildi. Akbar Ismatullaevga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun!


5. To'p nazorati hozircha "Paxtakor"da. Mezbonlar tezkor gol evaziga ustunlikni qo'lga olishni rejalashtirganlar shekilli.


2. Baxtiyor Yoqubov Merzlyakovga nisbatan qo'pollik ishlatdi.


1. O'yin boshlandi! Uchrashuvni mezbonlar boshlab berdilar.


Jamoalar PFL madhiyasi sadolari ostida maydonga chiqib kelmoqdalar!


O'yin boshlanishiga 10 daqiqa vaqt qoldi. Stadionga muxlislarning tashrifi davom etmoqda!


Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari! 9-turning markaziy o'yinidan matnli translyaciyamizni boshlaymiz! Sizlar bilan birga o'yinni Aziz To'xtamurodov kuzatib boradi.

Mutaxassislarning takidlashlaricha ushbu o'yinda imkoniyatlar teng! Sizning fikringiz qanday? "Paxtakor" "Neftchi"ning mag'lubiyatsiz seriyasiga chek qo'ya oladimi? Yoki Murod Ismoilov sobiq jamoasidan ochko tortib oladimi?


- O'yin soat 19:00da boshlanadi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика