So’nggi yangiliklar

17:15Расман: "Нефтчи" афсонаси клубга қайтди  2 17:05"Сўғдиёна" ҳужумчиси: "Халқаро майдонда Россия клублари етишмаяпти"  2 16:55Факт: Қатар ЖЧ-2026 саралашида меҳмонда ҳали ғалаба қозонмади. Сафардаги сукунат давом этадими?  6 16:30Расман: Мирзад Механович "Андижон"ни тарк этди  1 16:05Роналду "Ал-Насср"да қолишини тасдиқлади  5 15:20Қосимов, Аҳмедов, Зейтуллаев, Тожиев - Қатар билан ўзаро ўйинлар тўпурарлари   11 15:00Аҳмад Ал-Жани: "Мундиалга бир қадам қолди"  9 14:50Сречко Катанец Қатар билан ўйинни "Бунёдкор" стадионида томоша қилади  18 14:25Криштиану Роналду: "Ямални тинч қўйиш керак"  10 14:15Расман: Элгужа Лобжанидзе "Қизилқум"ни тарк этди  2 13:55Ўзбекистон Қатарга қарши оқ либосда ўйнайди  4 13:35"Терма жамоа учун оёғим синишига ҳам тайёрман". Роналду — Миллатлар лигаси финалидаги жароҳати ҳақида  1 13:13Суперлигадаги навбатдаги истеъфо. Никола Лазаревич "Қизилқум"дан кетди  5 12:40Алмоез Али: "Ўзбекистонга қарши ўйиндан бошлаб биздан талаб қилинган барча вазифаларни бажарамиз"  13 12:15Вадим Абрамов: "Хотиржамлик билан ғалаба қозондик"  2

Paxtakor Neftchiga qarshi o'yinda jazoga mahkum qilindimi? Rossiyalik ekspertimiz tomonidan hakamlik tahlili Yangiliklar

Paxtakor Neftchiga qarshi o'yinda jazoga mahkum qilindimi? Rossiyalik ekspertimiz tomonidan hakamlik tahlili

Bahsli vaziyatlar bisyor bo'ldi.

Championat.Asia saytining hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev («Alyo, ref»! Telegram kanalini muallifi) Superliganing 15-tur uchrashuvlaridagi bahsli vaziyatlarni tahlil qildi.


❌ «Andijon» - «Surxon»

 VIDEO

Qo'l bilan gol urishga urinish sportga xos bo'lmagan xatti-harakat hisoblanadi. Hakamni chalg'itishga uringani va o'yinga nisbatan hurmatsizlik qilgani uchun «Andijon» futbolchisiga sariq kartochka ko'rsatishi lozim edi. Hakam o'yinchini ogohlantirmay, xatoga yo'l qo'ydi.


✅ «Andijon» - «Surxon» 

VIDEO

«Surxon» futbolchisiga qizil kartochka to'g'ri holatda ko'rsatildi: u butsasining tag qismi bilan raqib oyog'ining son qismiga zarba berdi, bu erda «bosib ezg'ilashga urinish» holati mavjud. «Andijon» o'yinchisida shikastlanish xavfi yuqori. Jiddiy qoidabuzarlik uchun chetlatishga loyiq vaziyat sodir etilgan.


❌ «Andijon» - «Surxon» 

VIDEO

«Surxon» futbolchisi xavfli tarzda oyog'ini oldinga cho'zib, butsasining tag qismi bilan tavakkal qilgan holatda to'p uchun kurashga kirishdi. Takroriy vaziyatdan himoyachining to'pga o'ynagan-o'ynamaganini aniqlash qiyin. Ammo to'pning qaerga va qaysi yo'nalish bo'ylab harakatlanganiga qarab, to'pga birinchi bo'lib «Andijon» futbolchisi tekkan, degan xulosaga kelishimiz mumkin. Demak, penalti belgilanishi hamda qo'pollik ishlatgani uchun «Surxon» himoyachisiga sariq kartochka ko'rsatilishi kerak edi. Agar VARda faqatgina ushbu takroriy vaziyatni ko'rish imkoni bo'lsa, unga aralashish qiyin, chunki hakamning xatosiga to'laqonli dalil mavjud emas.


«Metallurg» - «Navbahor»

VIDEO

Afsuski, takroriy vaziyatning sifati ushbu epizodni baholashga imkon bermaydi.


✅ «Metallurg» - «Navbahor»

VIDEO

«Navbahor» darvozaboni tomonidan hech qanday o'ylaymay qilingan harakat mavjud emas: bu odatiy harakat tarzi, u to'pga o'ynashga harakat qildi va qo'lini cho'zdi. Ushbu epizodda gol urilganini inobatga olsak, darvozabonga nisbatan qo'shimcha jazo choralari qo'llanilmasligi kerak.


❌ «Turon» - «Nasaf»

VIDEO

«Nasaf» himoyachisining qo'li pastda, tabiiy holatda va tana maydonini oshirmagani uchun hamkasblarim bilan buni qoidabuzarlik emas, deya baholadik. O'yin davom ettirilishi kerak edi.


❌ «Turon» - «Nasaf»

VIDEO

Takroriy vaziyatga nazar solsak, futbolchilar bir chiziqda turishganiga guvoh bo'lish mumkin. Bunday vaziyatlarda hujum qilayotgan tomon foydasiga qaror chiqarish tavsiya etiladi. VAR chizig'isiz yon hakamning bayroqchasini to'g'ri ko'targan-ko'tarmaganini aniq aytish qiyin. Agar qanot hakami yaxshi poziciyada turgan bo'lsa, unda uning har qanday qarori, odatda, qo'llab-quvvatlanadi.


✅ «Paxtakor» - «Neftchi»

VIDEO

«Paxtakor» futbolchisi ehtiyotkorlik bilan qo'lini orqasiga berkitdi. U qo'lini bundan ortiqroq yashira olmasdi, shu bois o'yinni davom ettirish qarorini qo'llab-quvvatlaymiz. To'g'ri, futbolchi harakat qildi, ammo qo'li bilan emas, balki butun gavdasi bilan to'pga intildi va uzatmani bartaraf etishga harakat qildi. Hakam to'g'ri qaror qabul qildi.


«Paxtakor» - «Neftchi»

VIDEO

«Paxtakor» bosh murabbiyi hakamning qaroridan norozi bo'lgani aniq, ammo uning hakamga nima deganini aniq bilmaymiz. Hakamning bu qaroriga izoh bera olmayman, chunki malumot etarli emas. Murabbiy nima deganini aniqlash kerak.


❌ «Paxtakor» - «Neftchi»

VIDEO

Afsuski, kamera faqat bir tomonlama tasvirga olgan, shu bois vaziyatni aniq baholab bo'lmaydi. Agar to'p «Paxtakor» futbolchisining qo'liga tekkan bo'lsa, gol bekor qilinishi lozim. Ammo takroriy vaziyatda to'p qo'lga tegmagandek ko'rindi. Ehtimol, hakam «Paxtakor»ning golini bekor qilib, xatoga yo'l qo'ygandir.


✅ «Bunyodkor» - OKMK

VIDEO

Uchrashuv qachon yakunlanishini faqat maydondagi hakam hal qiladi. Unda xavfli hujumni yakuniga etkazishga yo'l qo'yib berish imkoniyati mavjud, ammo bu vaziyatda to'p neytral zonada edi. «Bunyodkor» hujumida aniq istiqbol kuzatilmayotgandi. Ehtimol, hakam avvalgi hujumning tugashini kutib turgandir.


✅ «Olimpik» - «So'g'diyona»

VIDEO

Sariq kartochka ko'rsatilish qarorini qo'llab-quvvatlash mumkin. «So'g'diyona» futbolchisining o'ylamasdan oyoq tashladi va raqibga qo'pollik ishlatdi. Ammo u butsaning tag qismi bilan harakat qilmadi, balki to'p uchun kurashdi. Ikki kartochka chegarasidagi holat sodir etilgan, biroq hakamning qaroriga qo'shilish mumkin.


SHu tariqa, Superliganing 15-tur doirasidagi o'yinlarida hakamlar beshta xatoga yo'l qo'yishdi. Ulardan uchtasi bellashuv natijasiga tasir o'tkazdi: «Andijon» - «Surxon» uchrashuvida belgilanmagan penalti, «Turon» - «Nasaf» qarama-qarshiligidagi ofsayddan urilgan bahsli gol hamda Turg'unboevning «Paxtakor» - «Neftchi» to'qnashuvida urgan goli.

Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика