"Paxtakor" "NBU-Osiyo"ga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazadi
16 iyu 2017 11:58
Yangiliklar


"Paxtakor" "NBU-Osiyo"ga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazadi
Bugun Toshkentning "Paxtakor" klubi birinchi liga vakili hamshahari "NBU-Osiyo" jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
Ikkinchi davrada "sherlar"ni qabul qilib olgan tajribali mutaxassis, SHota Arveladze bir necha kun oldin birinchi liga vakili "Lokomotiv-BFK" jamoasiga qarshi ilk nazorat uchrashuvini o'tkazgan edi. Bugun "Paxtakor" Arveladze qo'l ostida birinchi liganing yana bir vakili, "NBU-Osiyo" jamoasiga qarshi ikkinchi nazorat uchrashuvini o'tkazadi.
Ushbu o'rtoqlik o'yini "Paxtakor" markaziy stadionida soat 19:00da boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, bundan avvalgi o'rtoqlik uchrashuvida "Paxtakor" birinchi liga vakili "Lokomotiv-BFK" jamoasini 8:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.
Arveladzening norasmiy debyutida "Paxtakor" "Loko" darvozasiga 8ta gol urdi
O’xshash yangiliklar
23:28
"Paxtakor" bugun Kamoliddin Tojievni bosh murabbiy etib tayinladi, ammo unda Pro licenziyasi yo'q 8

Fikrlar