

Ikkinchi davrada "sherlar"ni qabul qilib olgan tajribali mutaxassis, Shota Arveladze bir necha kun oldin birinchi liga vakili "Lokomotiv-BFK" jamoasiga qarshi ilk nazorat uchrashuvini o'tkazgan edi. Bugun "Paxtakor" Arveladze qo'l ostida birinchi liganing yana bir vakili, "NBU-Osiyo" jamoasiga qarshi ikkinchi nazorat uchrashuvini o'tkazadi.
Ushbu o'rtoqlik o'yini "Paxtakor" markaziy stadionida soat 19:00da boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, bundan avvalgi o'rtoqlik uchrashuvida "Paxtakor" birinchi liga vakili "Lokomotiv-BFK" jamoasini 8:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.
Arveladzening norasmiy debyutida "Paxtakor" "Loko" darvozasiga 8ta gol urdi



