So’nggi yangiliklar

13:49Саудия Арабистонидагилар Винисиусдан умидларини узишмаган  0 13:10Рубен Аморим: "Рэшфорд жамоамизга мос футболчи эмас"  6 12:47"Ливерпуль" дарвозабони клубдан кетмоқчи  1 12:29Илёс Зейтуллаев — "Бунёдкор" бош мураббийи!  5 11:00Фарруҳ Зокиров: "Ўйин финал каби ўтди ва Шойимованинг бенефисига айланди"  4 10:49Ўзбекистон миллий терма жамоаси Доҳага етиб келди  15 10:37"Эшитдик-да" тасдиқланди. Катанец терма жамоа йиғинида қатнашмайди  55 10:20Неймар собиқ жамоасига қайтди  4 09:39Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоасининг январь ойидаги йиғинига Катанец келмаслиги мумкин   33 09:33"Жон сақлаш учун курашмаймиз, "Қўқон-1912"нинг мақсади фақат юқорига интилиш" - Жасурбек Ёқубов  0 08:55Водий жамоасининг хориж йиғинида бўйдор ҳимоячи иштирок этади  3 08:35"Қизилқум" собиқ легионери "Машъал" йиғинига келиб қўшилди  1 08:05"Торино" клуби тарбияланувчиси "Андижон"га ўтиши мумкин  3 07:30Расмий хабар: "Шўртан" Ўзбекистон чемпиони ва икки нафар дарвозабон билан шартнома имзолади   2 02:39А Серия. "Интер" "Жузеппе Меацца"да "Эмполи"дан устун келди  1

"Paxtakor" – "Navbahor" uchrashuvida hakamlar brigadasi qo'pol xatolarga yo'l qo'ymadi Yangiliklar

"Paxtakor" – "Navbahor" uchrashuvida hakamlar brigadasi qo'pol xatolarga yo'l qo'ymadi

Oliy Liga 9-tur uchrashuvlari doirasida 20 may, seshanba kuni o'tkazilgan "Paxtakor" (Toshkent) – "Navbahor" (Namangan) uchrashuvi davomida hakamlar brigadasi tomonidan qabul qilingan qarorlar jamoatchilik bahs-munozaralariga sabab bo'ldi.
Uchrashuv 2:1 hisobida maydon egalari g'alabasi bilan yakuniga etgan, "Paxtakor" futbolchilari g'alaba to'pini qo'shimcha daqiqalarda belgilangan penaltidan kiritishgan edi.

Uchrashuvni FIFA referisi SHerzod Qosimov boshqarib borgan, unga qanotlarda FIFA referisi yordamchilari – Alisher Usmonov va Temur Gaynullin yordam bergandi. Birinchi toifali hakam Igor Gormashev uchrashuv zaxira hakami sifatida belgilangan bo'lsa, hakamlarning harakatini esa respublika toifasidagi nazoratchi Bulat Galeev baholab borgan.

21 may, chorshanba kuni ushbu uchrashuv tahlili yuzasidan O'FF ekspert-hakamlar komissiyasi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Mutaxassislar uchrashuvning etiborga molik uchta vaziyati – 42-daqiqada "Navbahor" o'yinchisi Rahmatullo Berdimurodovga ko'rsatilgan birinchi sariq kartochka, 75-daqiqada Berdimurodovga ko'rsatilgan ikkinchi sariq kartochka, shuningdek, 90+4-daqiqada "Navbahor" o'yinchisi Yuriy Rijkoga ko'rsatilgan qizil kartochka va "Navbahor" darvozasiga belgilangan penaltiga etibor qaratishdi.

Ekspertlar xulosasiga ko'ra, Rahmatullo Berdimurodovga birinchi sariq kartochka futbolchi raqibini qasddan chalib yiqitgani uchun, ikkinchi sariq sariq kartochka esa futbolchi "Navbahor" foydasiga jarima zarbasi belgilanganidan so'ng to'pni qasddan otib yuborgani va o'yinning qayta boshlanishini kechiktirgani uchun haqqoniy ravishda ko'rsatilgan. Ushbu vaziyatlarda uchrashuv bosh hakami SHerzod Qosimov to'g'ri harakat qilgan.

Uchrashuvning 90+4-daqiqasida "Navbahor" o'yinchisi Yuriy Rijko o'z jarima maydonchasi ichida harakatlanayotib, avvaliga "Paxtakor" jamoasi o'yinchisi Egor Krimecni qo'pollik bilan turtib yuborgan, shundan so'ng o'ng qo'li tirsak qismi bilan uning iyagiga zarba bergan. Ushbu holatda uchrashuv bosh hakami SHerzod Qosimov Rijkoga haqqoniy qizil kartochka ko'rsatgan va "Navbahor" darvozasiga 11 metrli jarima zarbasi belgilagan.

"Uchrashuv yakuniy natijasiga tasir qilmagan ahamiyatsiz xatolarni istisno qilganda, umuman brigada o'yinni yaxshi o'tkazdi", - deyiladi ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasida.

Malumot uchun, O'zbekistonning umidli yosh hakamlaridan biri hisoblangan SHerzod Qosimov boshchiligidagi hakamlar brigadasi 26 may, dushanba kuni "Metallurg" (Bekobod) va "Dinamo" (Samarqand) jamoalari o'rtasidagi O'zbekiston Kubogi nimchorak final javob o'yinini boshqarib boradi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика