So’nggi yangiliklar

03:05ЕЧЛ. Аморим Лиccабонда Гвардиоланинг таъзирини берди, "Ливерпуль" "Байер"га имконият қолдирмади  56 03:00ЕЧЛ. "Реал" бу сафар ўз уйида "Милан"га ютқазди  124 01:39"Пахтакор" устунликка эга бўлган, аммо якунда "Ал Райян" ғалаба қозонган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 01:30ОФК Элит Чемпионлар лигаси. Ғарбий минтақада 4-турдан кейинги ҳолат  0 01:00Элит ОЧЛ. "Ал Насср" "Ал Айн"га ҳеч қандай имконият қолдирмади. Роналдудан гол  24 00:55Аргентина термасининг ЖЧ-2026 саралаш ўйинлари учун қайдномасини эълон қилинди  6 00:35Элит ОЧЛ. Назаровнинг хатоси "Пахтакор"га қимматга тушди  4 00:25АПЛ грандлари "Барселона"нинг 21 ёшли иқтидорига қизиқиб қолишди  14 23:56Юнус Али: "Пахтакор" биринчи бўлимнинг ўзидаёқ интригани йўқ қилиши мумкин эди, аммо..."  6 23:12Камолиддин Тожиев: "Ҳаводан узатилган тўп дарвозамизга кириб кетди. Бугун бизнинг кунимиз эмас экан"  29 22:18Суперлига. "Навбаҳор" – "Пахтакор" ва 24-турнинг бошқа учрашувларида қайси ҳакамлар ишлаши аниқ  9 21:50"Қизилқум" ўйинчисига қизил карточка кўрсатилиши керак эди" – Суперлига 23-туридаги баҳсли вазиятлар юзасидан Эксперт-ҳакамлар комиссияси хулосаси эълон қилинди  2 21:15Расман: Крестинин бошчилигидаги "Локомотив" мураббийлар штаби истеъфога чиқарилди  5 20:57ОФК Элит Чемпионлар лигаси. "Пахтакор" узоқ масофадан ўтказиб юборилган гол туфайли ўз майдонида "Ал Райян"га ютқазди  206 20:32Расман: "Бухоро" Суперлига йўлланмасини нақд қилди!  16

"Paxtakor", "Nasaf", "Neftchi", "Andijon"... Qator klublar jarimaga tortiladi Yangiliklar

"Paxtakor", "Nasaf", "Neftchi", "Andijon"... Qator klublar jarimaga tortiladi

Reglament talablariga bepisandlik masalalari Tartib-intizom qo'mitasida ko'riladi.

O'zbekiston Professional futbol ligasi musobaqalar, mehnat shartnomalari va boshqa qator masalalarni o'z vaqtida amalga oshirib keladi. Har yil noyabr oyidan boshlab to mart oyi so'ngiga qadar Liga mutaxassislari dam olishlarsiz mehnat qiladi. Va tabiiyki, futbol klublaridan ham o'z ishiga professional yondoshuvni talab qiladi.

Oyda ikki-uch bor o'tadigan uy uchrashuvlarini tashkil etish masalasiga masuliyatsizlik bilan yondashish, musobaqalar o'tkazish reglamenti talablarini qo'pol ravishda buzish holatlariga Liga 2024 yildan boshlab qatiy choralar ko'rishi klublarga rasman malum qilingan. Biz klub smetasi, uning ishchi-xodimlari olayotgan oylik-maosh va boshqa malumotlarga egamiz. Har qanday mutaxassis o'z ish haqiga munosib bo'lishi shart. Toki u o'z ishiga masuliyat bilan yondoshmagunicha, har qanday klub yoki shaxs jazodan chetda qolmaydi.

Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishida to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochkalardan tashqari yana qator masalalar ko'rib chiqiladi. Quyida ularning ayrimlariga mazkur ishlar qolganlarga o'rnak bo'lishi uchun to'xtalib o'tamiz. Avvalroq Lokomotiv ustozi Aleksandr Stoymirovich hamda Andijon futbolchisi Farhod Bekmurodov jarimaga tortilishi malum qilingandi.

"Buxoro"

Pro liga ilk turidan o'rin olgan "SHo'rtan" — "Buxoro" o'yinida mehmon klub qaydnomani to'ldirishni yarim soatga kechiktirgan. Vaholanki, Reglamentda mazkur masala aniq yozib qo'yilgan. Talab tushunarsiz sababga ko'ra bajarilmaganidan kelib chiqib, Buxoro jarima to'laydi. Klub bunga sababni ko'rib chiqishi hamda o'z ishiga masuliyatsizlarcha yondoshgan ishchisiga nisbatan chora ko'rish vakolatiga ega.

"Mashal"

"Mashal" futbol klubi o'tgan mavsum stadion perimetri bo'ylab joylashgan reklama shitlari masalasida bir necha bor ogohlantirilganiga qaramay, 2024 yilgi mavsumni ham xuddi shunday kamchiliklar bilan boshladi. Buning uchun klub jarima to'laydi. Uy uchrashuvlari o'tkazilmayotgan vaqtda klubning tegishli xodimlari nima bilan mashg'ul bo'lishi Liga uchun juda qiziq.

"Andijon"

"Andijon" futbol klubi "Bobur arena" mezbonlik qilgan "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda elektron reklama shitlari bilan bog'liq Liga talabini bajarmadi. Klubning Andijon viloyatidagi ayrim tashkilotlar bilan muammosi Ligaga malum. Biroq bu masala Liga muammosiga aylanmasligi shart. Liga qator homiylik shartnomalariga ega bo'lib, ularni hurmat qilishni futbol klublaridan talab qilib oladi.

"Dinamo"

"Dinamo" murabbiylar shtabidan joy olgan Andrey Pyatnickiy OKMK klubiga qarshi o'yin vaqtida elektron sigareta chekkani uchun jarimaga tortiladi. Har qanday mutaxassis Reglamentga amal qilishga majbur.

"Neftchi"

Superliga 3-turidan o'rin olgan "Neftchi" — "Metallurg" uchrashuvi davomida futbol muxlislari mehmonlar zaxira o'rindig'i tomon suvli idishlar uloqtirgan. Ulardan biri murabbiylardan biriga borib tekkan. SHuningdek, Neftchi g'alaba golini urib, uni nishonlayotgan vaqtida qarama-qarshi tarafdan suvli idishlar stadionga uloqtirilgan. Bu kabi holatlar Farg'onada o'tgan mavsum ham kuzatilgan. Agar klub o'z muxlislari bilan ishlamayotgan, agar ayrim insofsiz muxlislar butun bir viloyat shanini shu kabi nomaqbul harakatlar bilan eslatayotgan bo'lsa, Liga "Istiqlol" stadionidagi uchrashuvlarni muxlislarsiz ham o'tkaza oladi. Biz "Neftchi"ning faol va fidoyi muxlislarini hurmat qilamiz va ularni yon-atrofidagi aqlsiz kishilarni tiyishga chaqiramiz. Zero aynan shu kabi 3-4 nafar aqlsizni deb, minglab muxlislar stadionga kirish huquqidan mosuvo bo'lmasliklari kerak. Holat uchun "Neftchi" jarimaga tortiladi.

"Paxtakor"

Superliga 2-turidan o'rin olgan "Paxtakor" — "Nasaf" uchrashuvi vaqtida media tribunadan mazkur hududga kirish ruxsatini beruvchi akkreditaciyaga ega bo'lmagan qator shaxslar o'rin olgan. Bu esa tabiiyki, OAV vakillari faoliyatiga halal beradi. Holat uchun "Paxtakor" jarima to'laydi.

5 ta klub jarimalar to'laydi

Futbolchining funkcional holatini masofadan turib monitoring qilish imkonini beruvchi moslama ikki mavsumdan buyon Superliga qaydnomasidan o'rin olgan har bir futbolchida bo'lishi, uchrashuvdan keyin klub tahlil natijalarini O'FA uchun taqdim etishi kerak. O'tgan mavsum o'z ishiga masuliyatsiz yondoshgan klublar buning uchun katta jarimaga tortilgandi. Biroq joriy mavsumning dastlabki uch turida ham bu kabi holatlar kuzatildi. Reglamentdagi talab yangi bo'lmagani, klublarda vaziyatni hal qilish uchun 2 yildan ortiq vaqt bo'lganini inobatga olib, bu borada hech qanday izoh qabul qilinmaydi va klublar jarima to'laydi. Bular: "Surxon", "Andijon", "Dinamo", "Nasaf" va "Neftchi".

SHuningdek, yangi qoidaga ko'ra 3 holat bo'yicha olingan ogohlantirishlar jarimaga sabab bo'ladi. O'tgan uch tur davomida hakam ishiga aralashish holatlari 17 marta, vaqtni cho'zish holati 7 marta va simulyaciya 3 marta ogohlantirishga sabab bo'lgan. Mazkur holatlarning barchasi uchun tegishli shaxslar jarimaga tortiladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика