1973 yilda tug'ilgan bu hakam xalqaro faoliyatini 2005 yilda boshlagan. Ushbu hakam "Paxtakor" ishtirokidagi bitta o'yinda ishlagan. 2013 yilgi OCHL guruh bosqichi doirasidagi "Lahviya"ga qarshi safardagi bahsda qatarliklar 3:1 hisobida zafar quchishgandi.
2013 yilgi OCHL pley-offida "Lokomotiv" BAAda "Al Nasr" mehmoni bo'lib 2:3 hisobida mag'lub bo'lgandi. Bu o'yinni ham aynan Masaaki boshqarib borgandi.
Ushbu hakam "Bunyodkor" ishtirokidagi to'rtta uchrashuvda ishlagan. 2009 yilgi OCHL guruh bosqichida Toshkentda o'tgan "Sepaxon"ga qarshi o'yinda 2:2 hisobi qayd etilgan. 2011 yil guruh bosqichida "Bunyodkor" o'z uyida "Al Ittihod"ga (0:1), 1/8 finalda "Sepaxon"ga safarda (1:3) yutqazib qo'ygan. O'tgan yil guruh bosqichida "qaldirg'ochlar" Qatarning "Al Jayish" klubiga Toshkentda mag'lub bo'lishgan (1:2).
Masaaki O'zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalarining uchta o'yinida bosh hakam bo'lgan. 2010 yil U-19 yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati guruh bosqichida jamoamiz Iroqni 2:0 hisobida taslim qilgan.
2012 yil mart oyida "Jar" stadionida London olimpiadasi saralashi doirasida BAAga imkoniyat boy berilgan (2:3) uchrashuvda ham aynan shu hakam ishlagandi. 2012 yil U-16 o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati guruh bosqichida O'zbekiston Suriyaga 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan.
Narzulla Saydullaev