"Paxtakor" muxlislarni stadionga chorlaydi!
25 mar 2014 14:25
Yangiliklar

"Paxtakor" muxlislarni stadionga chorlaydi!
29 mart, shanba kuni oliy ligada 3-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.
"Paxtakor" joriy mavsumdagi ilk uy o'yinini Navoiyning "Qizilqum" jamoasiga qarshi o'tkazadi. Yuriy Lukin shogirdlari bu yil tarkibni ancha kuchaytirishdi va bellashuvning keskin o'tishiga shubha yo'q.
"Paxtakor" futbol klubi ishqibozlarga stadionda qulaylik tug'dirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Jumladan, "Paxtakor" - "Qizilqum" bahsiga tashrif buyurib, turli sovg'alarni yutib olishingiz mumkin. CHiptalarni xarid qilish bilan sovrinli lotereya ishtirokchisiga aylanasiz. Stadionga tashrif buyurgan ishqibozlarda "Paxtakor" tarixi haqidagi kitoblar, klub ramzi tushirilgan sharf va boshqa atributkalar, velosipedlar yutib olish imkoniyati yuzaga keladi. SHuningdek, o'yin davomida stadionda turli salqin ichimliklar va oziq-ovqat mahsulotlari yo'lga qo'yiladi. Stadionda muxlislar uchun barcha qulayliklar yaratiladi. CHiptalarni "Paxtakor" Markaziy stadioni kassalaridan xarid qilasiz. CHipta narxlari 1000 so'mdan qilib belgilangan.
"Paxtakor" - "Qizilqum" uchrashuvi 29 mart, shanba kuni "Paxtakor" Markaziy stadionida soat 17:00da boshlanadi. Muxlislarni stadionga chorlab qolamiz. "Paxtakor"ni qo'llab-quvvatlang va sovg'alar yutib oling!

Fikrlar