Ertaga bo'lib o'tadigan "Lokomotiv" - "Paxtakor" uchrashuviga tashrif buyuradigan muxlislar klubi a'zolari va boshqa ishqibozlar uchun eslatib o'tamiz.
"Paxtakor" muxlislari uchun chiptalar soat 16:00dan boshlab "Lokomotiv" stadioni asosiy darvozasi oldida tarqatiladi. Muxlislar klubiga a'zo bo'lgan ishqibozlardan jamoa liboslarida kelish so'raladi.