"Paxtakor" mo'ljallayotgan Adebayor APLda o'ynashi mumkin
05 jan 2020 13:59
Yangiliklar


"Paxtakor" mo'ljallayotgan Adebayor APLda o'ynashi mumkin
"A Bola" xabariga ko'ra, hujumchi Emmanuel Adebayor "Aston Villa" bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Ayni damda 36 yoshli forvardning xizmatlariga APL klubi jiddiy tarzda qiziqish bildirmoqda.
"Real", "Manchester Siti", "Tottenxem", "Arsenal" kabi jamoalarda harakat qilgan futbolchining transfer narxi 550 ming evroga baholangan. Turkiyaning "Qaysarispor" jamoasidan keyin u erkin agentga aylanadi.
Oldinroq Adebayor "Paxtakor"ga o'tishi mumkinligi borasida malumotlar tarqagandi.
O’xshash yangiliklar
14:52
"Sherlar" so'nggi soniyalarda g'alabani ilib ketgan "Paxtakor" – "Xorazm" o'yinidan GALEREYA 0

Fikrlar