"Paxtakor" "Milan", "Bayer" va "Volfsburg"dan tepada. "SHerlar" jahon klublari reytingida 140-o'rinni egalladi
22 jan 2020 14:46
Yangiliklar


"Paxtakor" "Milan", "Bayer" va "Volfsburg"dan tepada. "SHerlar" jahon klublari reytingida 140-o'rinni egalladi
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi (IFFHS) tashkiloti 2019 yilning eng yaxshi klublari reytingini elon qildi.
2019 yilda UEFA CHempionlar ligasi, klublar o'rtasida JCH hamda UEFA Superkubogi g'olibiga aylangan "Liverpul" reytingda birinchi o'rinni egalladi. Ikkinchi o'rinni ispan grandi "Barselona" egalladi.
Jahon klublari reytingida (top-400) O'zbekistonning bor-yo'g'i bitta klubi bor va u "Paxtakor". "SHerlar" umumiy reytingda 140, Osiyo klublari o'rtasida esa "Al-Saad" bilan 6-o'rinni band qildi. Eng qizig'i, Toshkent klubi jahon klublari reytingida "Milan", "Bayer", "Lokomotiv" (Moskva), "Volfsburg", "Marsel" kabi jamoalardan tepada.
Jahon klublari reytingi - 2019 (IFFHS) | |||
---|---|---|---|
O'rin | Klub | Mamlakat | Ochko |
1 | "Liverpul" | Angliya | 316 |
2 | "Barselona" | Ispaniya | 293 |
3 | "Manchester Siti" | Angliya | 284 |
4 | "Flamengo" | Braziliya | 275 |
5 | "Seltik" | SHotlandiya | 269 |
6 | "Valensiya" | Ispaniya | 268 |
7 | "Ayaks" | Niderlandiya | 249,5 |
8 | "CHelsi" | Angliya | 249 |
9 | PSJ | Franciya | 243 |
10 | "Vulverxempton" | Angliya | 236 |
140 | "Paxtakor" | O'zbekiston | 112 |
Osiyo klublari reytingi - 2019 (IFFHS) | |||
---|---|---|---|
O'rin | Klub | Mamlakat | Ochko |
1 | "Al-Hilol" | Saudiya Arabistoni | 159 |
2 | "Ulsan" | Janubiy Koreya | 138 |
3 | "CHonbuk Motors" | Janubiy Koreya | 135 |
4 | "Al-Nassr" | Saudiya Arabistoni | 125 |
5 | "Kashima Antlers" | Yaponiya | 118,5 |
6 | "Al-Sadd" | Qatar | 112 |
6 | "Paxtakor" | O'zbekiston | 112 |
8 | "Xa Noy" | Vetnam | 107,5 |
9 | "SHanxay SIPG" | Xitoy | 105,5 |
10 | "SHandon Luneng" | Xitoy | 105 |
O’xshash yangiliklar

Fikrlar