"Paxtakor" mashg'ulotlarga qaytdi

Narzulla Saydullayev
6 okt 2017, 12:40
Chorshanba kuni futbolchilar "Jar" stadionida mashg'ulotlar bajarishga kirishishdi.

Terma jamoalari safiga yo'l olgan Marko Simich va Gidi Kanyukdan tashqari barcha o'yinchilar chempionatning navbatdagi uchrashuvlariga tayyorgarlik ko'rishni boshlab yuborishdi. Jarohatlangan futbolchilar - Javohir Sohibov va Stanislav Andreev yakka tartibda maxsus tiklanish jarayonini o'tashmoqda.

Oliy ligada keyingi bellashuvni "Paxtakor" 14 oktyabr kuni Toshkentda "Qo'qon-1912" jamoasiga qarshi o'tkazadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz