So’nggi yangiliklar

22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  0 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  1 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан ҳайрлашди  0 21:37АПЛ. "Борнмут" - "Арсенал" баҳси асосий таркиблари маълум!  3 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  2

"Paxtakor" - "Lokomotiv" o'yini prevyusi Yangiliklar

"Paxtakor" - "Lokomotiv" o'yini prevyusi

Superliganing 26-turida muxlislar “Paxtakor” va "Lokomotiv" o'rtasidagi Toshkent derbisiga guvoh bo'lishadi.

Mazkur o'yin chempionlik sari shiddatli kurash olib borayotgan ikki jamoa o'rtasidagi keskin to'qnashuvga aylanadi. So'nggi to'rt mavsumda har ikki klub ikki martadan chempionlikni qo'lga kiritishdi. SHu sababli bu safargi uch ochkoning qadri yanada balandroq desak mubolag'a bo'lmaydi. "Paxtakor" g'alaba qozongan taqdirda turnir jadvalida peshqadamlikka ega chiqadi.

CHempionatlar doirasida klublar 28 bor to'qnash kelishgan. "SHerlar" 17 bellashuvda zafar quchishgan, 4 o'yinda "Lokomotiv" g'olib chiqqan. 7 uchrashuvda jamoalar durang o'ynashgan. “Paxtakor” 59 gol urib, darvozasidan 24 to'p olib chiqqan. Ayni paytda jamoalarni uch ochkolik farq ajratib turibdi. Joriy mavsum chempionat doirasida har ikki bellashuvda durang natija qayd etilgan.

O'z maydonidagi o'yinlarda “Paxtakor” 9 g'alaba, 3 durang va 2 mag'lubiyatni qayd etgan.

2006 yil “Paxtakor” o'z maydonidagi uchrashuvda 7:1 hisobida zafar quchgan. Bu o'zaro o'yinlar tarixidagi eng yirik natija sanaladi.

"Paxtakor" va "Lokomotiv" o'rtasidagi uchrashuv 20 oktyabr, shanba kuni "Paxtakor" stadionida soat 18:00da boshlanadi.



TAS-IX

 


TAS-IX Emas



Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика