So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  9 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  7 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  2 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

"Paxtakor" klubidan oliyjanob harakat Yangiliklar

"Paxtakor" klubidan oliyjanob harakat

Teglar :  Paxtakor
Kecha O'zbekiston Superligasi 10-turida "Paxtakor" o'z maydonida AGMKni 4:1 hisobida taslim qildi.

Uchrashuv boshlanishidan avval "SHerlar" sardori Marko Simich jiddiy xastalik bilan kurashayotgan 1,5 yoshli qizaloq Polina Garifulina bilan maydonga chiqib keldi. «Trastbank» xususiy akciyadorlik banki boshqaruv raisining birinchi o'rinbosari Furqat Samarxo'jaev hamda "Paxtakor" futbol klubi afsonasi Birodar Abduraimov kasallik bilan kurashayotgan bolalar - Polina Garifulina va Javohir Pardaevga yordam berish maqsadida ochilgan ramziy kartochkalarni topshirishdi. O'yindan keyin esa bolalar "Paxtakor" jamoasi bilan uchrashishdi.

O'yindan so'ng "Paxtakor" klubi murabbiy va futbolchilari kiyim almashtirish xonasida og'ir hastalik bilan kurashayotgan bolajonlarni qarsaklar bilan kutib olishdi. Bu esa albatta kichkintoylarga kelajakka umid bag'ishlaydi. 


Eslatib o'tamiz, har bir xohlovchi qurbi etgan summani quyidagi plastik karta hisob raqamiga o'tkazgan holda ishtirok etish imkoniyatiga ega.

Polina Garifulina
Bu qizaloqqa zudlik bilan suyak iligini ko'chirib o'tkazish darkor. Ushbu gematolik kasallik unda 8 oyligida aniqlangan. Ayni paytda Polina 1,5 yoshga to'ldi.
8600 3036 5948 8063

Javohir Pardaev. 13 yosh.
Tashxis: o'tkir mieloid leykemiya. Javohir Sankt-Peterburgdagi kasalxonada bo'lib turibdi va uning oilasiga davolanish kursini davom ettirish uchun ko'mak juda zarur.
8600 3036 2119 4617

"Paxtakor" futbol klubi hamisha bolalar bilan bog'liq turli akciyalarni qo'llab-quvvatlaydi va ularga yordam berishni o'zi uchun sharafli burch deb biladi.


 



TAS-IX emas


Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика