"Paxtakor" jahon chempionlarini taqdirladi
26 may 2018 18:13
Yangiliklar


"Paxtakor" jahon chempionlarini taqdirladi
Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o'rtasida jahon chempionligini qo'lga kiritgan bolalar "Paxtakor" futbol klubi tomonidan taqdirlandi.
"Paxtakor" - "Bunyodkor" uchrashuvining tanaffus paytida yaqindagina Rossiyada o'tkazilgan mehribonlik uylari o'rtasidagi jahon chempionati g'oliblarini taqdirlash marosimi o'tkazildi. "Paxtakor" afsonasi Birodar Abduraimov va sport direktori Jafar Irismetov chempionlarga "Paxtakor" sovg'alarini taqdim etishdi.
SHuningdek, o'yin davomida stadionga kelgan muxlislarga iftorlik uchun oziq-ovqatlar tarqatildi va stadionda namoz o'qib olishlari uchun sharoitlar yaratildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar