So’nggi yangiliklar

17:17Суперлига. "Хоразм" — "Насаф". Асосий таркиблар маълум  0 16:55"Барселона" "Аталанта" ҳужумчиси учун 50 млн евро тўлашга тайёр  0 16:35"Гавр"нинг 18 ёшли ҳужумчиси МЮга ўтади  0 16:09ЕЧЛда ҳафта футболчиси аниқланди  0 15:50Элдор Шомуродов – "Рома"да апрель ойининг энг яхши футболчиси!   20 15:22"Ўлганимда ётиб дам олиш учун кўп вақтим бўлади" — Бруну Фернандеш  1 14:58Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ёпиқ форматда йиғин ўтказади  12 14:31"Челси" ушбу мавсум илк бор титул ҳомийси либосини кийди  2 13:59Суперлига. 8-тур дисквалификациялари: "Пахтакор", "Навбаҳор" ва "Қўқон-1912" 1 нафардан йўқотишга эга  2 13:36Гвардиола Ҳусанов ҳақида: "Бошланғич таркибдаги жой ҳеч кимга кафолатланмаган"  16 13:08Гвардиола "Барселона" ҳақида: "Бундай ўйин билан стадионлар ҳеч қачон бўш қолмайди"  14 12:39Улуғбек Бакаев "Бухоро"даги фаолиятини давом эттирадими?  7 12:12"Ямаль Мессидан яхшироқ". "Барселона" собиқ футболчиси ҳайратланарли баёнот билан чиқди  16 11:46МЮ "Вулверхэмптон" голеадори учун 62,5 млн фунт тўлашга тайёр  0 11:19Франция хорижда ўйнаётган энг яхши футболчисини аниқлайди. Номзодлар ичида Мбаппедан ташқари яна кимлар бор?  14

"Paxtakor" himoyasi abgor bo'ldi. Nega? Yangiliklar

"Paxtakor" himoyasi abgor bo'ldi. Nega?

Toshkent klubining OCHLdagi ishlari yurishmayapti.

Pakhtakor Tashkent

AFC Champions League Grp. D . 4-tur

18/04/2022, 23:15

3
:
0
Tugadi

Al-Duhail SC

Bassam Al-Rawi - 32', Michael Olunga - 45', Almoez Ali - 47'

45'
90'
11'  Farrukh Sayfiev
42'  Khoziakbar Alidzhanov
46'  Odildzhon Khamrobekov (Khozhimat Erkinov)
59'  Sardor Rashidov (Mirzhakhon Mirakhmadov)
59'  Oliver Sarkic (Abbosbek Fayzullayev)
69'  Mirzhakhon Mirakhmadov
73'  Azizbek Turgunbaev
80'  Sardor Sabirkhodjaev (Diyor Kholmatov)
86'  Khoziakbar Alidzhanov (Shahzod Azmiddinov)
90'  Ikrom Alibaev
90'  Mirzhakhon Mirakhmadov
32'  Bassam Al-Rawi
32'  Edmilson Junior
45'  Michael Olunga
47'  Almoez Ali
47'  Edmilson Junior
54'  Karim Boudiaf (Luiz Ceara)
54'  Almoez Ali (Ismael Mohammad)
61'  Assim Madibo
62'  Edmilson Junior (Ali Afif)
63'  Michael Olunga (Abdelrahman Fahmi Moustafa)
84'  Mohammed Musa (Mohammed Alaaeldin)

Slavche Voyneski shogirdlari 4-turdan keyin g'arbiy mintaqada eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan jamoa bo'lib turibdi (9). "SHerlar" turnirning 2019 yilgi mavsumida guruhning 6 o'yinida 7 ta, 2020 yilda 3, 2021 da esa 8 to'p o'tkazib yuborishgan edi. Bu yil "Paxtakor" darvozasi 4 uchrashuvda 9 bor ishg'ol qilindi.

Bunga sabab sifatida "sherlar" himoyasidagi parokandalik ko'rsatilayotgan edi. Mazkur fikr bugungi bahsda yana bir marta tasdig'ini topdi. "Paxtakor" o'tkazib yuborgan to'plarning 2 tasida Kamen Hadjiev "uxlab qolganiga" guvoh bo'ldik. Oldingi bahslarda Oleksey Larin qattiq tanqid qilingan edi. 

Ochig'i, Azamovga munosib tandem bo'la olmayotgan har 2 himoyachining "Paxtakor" darajasidagi futbolchilar emasligi aniq ko'rinib qolyapti. Krimec ("Navbahor") va Ismoilov (AGMK) asosiy raqobatchilarga berib yuborilgach, ularning o'rni mazkur o'yinchilar orqali to'ldirildi. "Paxtakor" Kamen va Oleksey bilan shartnoma imzolashda qanday kriteriyalarga asoslangani bizga qorong'u. Ammo ularning asl "yuzi"ni ochib beradigan aniq fakt keltirishimiz mumkin. 

!!! Superliga 4-turi doirasidagi "Navbahor"ga qarshi o'yinda Larin to'p uchun kurashlarning 63, Xadjiev esa 64 foizini o'z foydasiga hal qildi. Aniqrog'i, Toshkent klubi vakillari yakkakurashlarning 37 foizini raqiblariga boy berishdi. SHu kuni "lochinlar" tarkibida 91 foizlik natija ko'rsatgan Rustamjon Ashurmatov esa top-himoyachi qanday bo'lishini barchaga ko'rsatib qo'ygan edi.

Legionerlarning saviyasi haqida gap ketsa, ko'plar to'lanayotgan pulga yarashaligini aytishadi. Bilasizmi, "Paxtakor" selekcionerlari tan olishni istamasligi mumkin, lekin Larin va Kamendan kuchliroq himoyachilar Superliganing o'zida ham etarlicha. Keling, ularga ilmiy faktlar keltirish yo'li bilan master-klass o'tib beramiz.

Superliga-2021 mudofaa chizig'i egalariga atalganini barcha etirof qildi. Sizningcha, o'tgan yilgi chempionatning eng kuchli himoyachisi kim edi? Hozir shuni tahlil qilamiz.

Statistikaga ko'rsa, "So'g'diyona"dagi serblar bu borada barchadan yaxshiroq bo'lishdi. Marko Kolakovich jamoadoshi Luka CHermel bilan birga himoyachilardan talab qilinadigan ko'rsatkichlar borasida O'zbekistonda eng yuqori natijani qayd etdi. SHu tufayli ham Ulug'bek Baqoev shogirdlari mavsumda barchadan kamroq gol  o'tkazib yuborishdi (15). 

Deylik, Jizzax klubi mazkur o'yinchilarni chempionatdagi asosiy raqibiga berib yubormaydi. SHunday holatda "Paxtakor" Anvarjon G'ofurovni ("Bunyodkor" murabbiyi emas, sobiq Husniddin G'ofurov) transfer qilsa ham, yutqazmas edi.

Sababi shundaki, o'tgan yilni Termizda o'tkazgan himoyachi yakkakurashlarni yutish borasida faqat Kolakovichdan orqada qoldi. To'pni raqibdan tortib olish (131) va zarbalarni "bloklash" (20) bo'yicha Superligada uning oldiga tushadigani bo'lmadi.

Elitadagi joyini zo'rg'a saqlab qolgan "Surxon" futbolchisi haqida ushbu malumot oddiy o'quvchining aqlini shoshirishi mumkin. Lekin "Paxtakor" mutasaddilari bunga etibor qaratishlari lozim edi (Xuddi Ilhom Mo'minjonov singari). CHunki G'ofurov o'tgan mavsumda "sherlar"ning barcha himoyachilaridan effektliroq o'ynagandi.

Afsuski, selekciyadagi xatolar faqat mudofaa bilan bog'liq emasligi xalqaro maydonda yaqqol ko'rinyapti. Qiziq, buning uchun asosiy masuliyat kimning elkasiga tushadi: bosh murabbiy Slavche Voyneski, sport direktori Jafar Irismetov yoki boshqa birov?

mutolaa uchun: "Buxoro" qarzlaridan qutilyapti 

Muallif :
Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика