So’nggi yangiliklar

01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  4 00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  2 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  1 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0 23:55Суперлига. Алибоев супергол урган баҳсда "Нефтчи" "Қизилқум" билан дуранг ўйнади, "Навбаҳор" эса "Машъал"ни йирик ҳисобда енгди  0 23:51Клублар ўртасидаги ЖЧнинг биринчи чорак финалчиси маълум!  0 23:38Виталий Левченко: "Агар реализация яхшироқ бўлганида, ўйин натижасини ҳал қилиб бўлган бўлар эдик"  18 23:23Сергей Лушчан: "Мавсум аввалида бизда аниқ бир мақсад йўқ эди, ҳозир эса... Футболчимизда хориждан таклиф бор"  7 22:50Уильямсни сотиб олса ҳам "Барселона" Рэшфордни трансфер қилишга уриниб кўради  5 22:31Фарҳод Нишонов: "Бир нечта футболчиларимизда Суперлигадан клубларидан таклифлар бор"  0 22:13Асрор Алиқулов: "Чарчоқ ёки иссиқ ҳаво деган гаплар қуруқ баҳона. Ҳар бир учрашув ҳам ўхшайвермайди"  4 21:57Суперлига. "Қизилқум" сўнгги дақиқаларда гол уриб, "Нефтчи"ни ғалабадан маҳрум қилди  72 21:21ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" "Олимпик" дарвозасига жавобсиз 4та гол урди ва пешқадамликни қўлига олди  1 20:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Машъал"га жавобсиз 6 та тўп йўллади, Ғуломовда дубль, Жияновда 3 та ассист!  68

Instat: Superligada qaysi futbolchilarning ko'rsatkichlari yuqori? Yangiliklar

Instat: Superligada qaysi futbolchilarning ko'rsatkichlari yuqori?

Teglar :  Instat Paxtakor
Futbol o'yinlarini tahlil qiluvchi "Instat" kompaniyasi malumotlari asosida futbolchilarining Superligidagi ko'rsatkichlari bilan tanishtirib o'tamiz.

Joriy mavsum umumiy shaxsiy ko'rsatkichlar borasida Superligada eng yaxshi bo'lib turgan 11 futbolchining 9 nafari "Paxtakor" azosi sanaladi. Eng yaxshi bo'lib turgan Jaloliddin Masharipov 321 ball jamg'argan. Dragan CHeran 275, Hojiakbar Alijonov 261, SHerzod Azamov 256, Doston Hamdamov 255 ball to'plashga erishgan. SHuningdek, Anzur Ismoilov, Odil Hamrobekov, Farruh Sayfiev va Egor Krimec dastlabki 11 o'yinchi qatoridan o'rin olgan. Faqat "Nasaf"ning ikki azosi Marko Stanoevich va Oybek Bozorov ushbu 11lik ro'yxatda boshqa klublar vakili hisoblanadi.

Superligada eng ko'p golli vaziyatlar yaratgan futbolchi ham Masharipov bo'lib turibdi. U hozirgacha o'tgan o'yinlarda 40ta shunday vaziyat sodir etgan. CHeran va "So'g'diyona"dan Jasur Hasanov 31tadan, "Nasaf"dan Marko Stanoevich hamda "Bunyodkor"dan Sanjar Qodirqulov 18tadan golli imkoniyat yaratgan.

Darvozaga eng ko'p aniq zarba bergan futbolchi CHerandir. Uning 37 zarbasidan 19tasi golga aylangan. Uning 50 foiz zarbasi darvozaga to'g'ri borgan. "Nasaf"dan Bobur Abduholiqov 29ta (43%), Nurillo To'xtasinov 28ta (44%), "Paxtakor"dan Igor Sergeev 26ta (49%) va "So'g'diyona"dan SHohruz Norxonov 25ta (42%) aniq zarba bergan.

To'pni sheriklariga eng ko'p aniq oshirishda Odil Hamrobekov yaqqol etakchi bo'lib turibdi. Uning hisobida 1733ta uzatma mavjud. 92 foiz uzatmalarni u aniq amalga oshirgan. "Bunyodkor"dan Lutfulla To'raev 1575ta (84%) uzatmaga ega bo'lsa, undan keyin beshlikda "Paxtakor"ning uch futbolchisi joylashgan. Masharipov 1433ta (80%), Sayfiev 1279ta (90%) va Anzur Ismoilov 1240ta (92%) uzatmani uddalashgan.

Hal qiluvchi uzatmalarni berishda Masharipov boshqalardan yaqqol o'zib ketgan - 30ta. Jasur Hasanov 23ta, CHeran va "Metallurg"dan Stanislav Andreev 15tadan, AGMKdan Murod Toshmatov 14 marta sheriklariga to'pni shunday etkazishgan.

Krosslarni eng aniq uzatishda ham Masharipov peshqadam. U Superliganing joriy mavsumida hozirgacha 31ta kross amalga oshirgan. Alijonovda ham umumiy miqdor shuncha, biroq Jalolda kross uzatmalari aniqligi yuqoriroq - 34%ga 27%. "Andijon"dan Farhod Mirahmadov 28ta (39%), "Paxtakor"dan Sayfiev 27ta (38%) va AGMKdan Toshmatov 27ta (28%) kross amalga oshirgan.

Umumiy miqdorda kurashlarni yutishda Masharipov Superliganing eng yaxshi futbolchisi bo'lib turibdi. U 242 marta shunday kurashlarda raqibdan ustun kelgan (52% holatda). "Bunyodkor"dan To'raev 232ta (58%), "Nasaf"dan Husniddin Aliqulov 223ta (74%), "Mashal"dan Najmiddin Normurodov 216ta (67%) va "Bunyodkor"dan Ibrohimhalil Yo'ldoshev 214ta (64%) kurashlarda muvaffaqiyatli harakat qilishgan.

Raqibni aldab o'tishda ham Masharipov etakchi. U 154 marta shunday holatda raqibdan o'tib ketgan (69% vaziyatda). Bu borada Jalol Superligadagi istalgan futbolchidan ikki baravardan ko'proq yaxshi natija qayd etgan. "Nasaf"dan Bozorov 74ta (58%), "Bunyodkor"dan Ibrohimhalil Yo'ldoshev 67ta (75%), "So'g'diyona"dan Hasanov 59ta (58%) va "Lokomotiv"dan Aziz Omonov 59ta (47%) holatda raqibni aldab o'tishga erishgan.

Himoyadagi harakatda kurashlarni yutishda "Nasaf"dan Aliqulov eng yaxshi natija sohibi bo'lib turibdi. U 184 marta shunday vaziyatda raqibni dog'da qoldirgan. Beshlikdan "Mashal"dan Normurodov, "Navbahor"dan Igor Golban, "Qo'qon-1912"dan Oybek Rustamov, "Nasaf"dan Umar Eshmurodov o'rin olgan.

Havodagi kurashlarni yutishda ham Aliqulov boshqalardan yaxshiroq ko'rsatkich egasi. U 122 marta ikkinchi qavatda raqibdan usturn kelgan. "Nasaf"dan Eshmurodov 96, "Paxtakor"dan Anzur Ismoilov 94, "Mashal"dan Normurodov 93 va "Bunyodkor"dan Islom Qobilov 70ta holatda havodagi kurashda jamoasiga foyda keltirgan.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика