"Paxtakor": Futbolchilarimiz xalqaro uchrashuvlarda
29 avg 2017 13:06
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/274762_original.jpg)
![](/upload/storage/274762_220.jpg)
"Paxtakor": Futbolchilarimiz xalqaro uchrashuvlarda
Aleksandr Lobanov, SHerzod Azamov, Jamshid Iskanderov va Igor Sergeev O'zbekiston termasi tarkibida Xitoyga jo'nab ketishdi. Ular 31 avgust kuni Xitoyga qarshi bellashuvda maydonga tushishlari mumkin. 5 sentyabr kuni Toshkentda Janubiy Koreya bilan o'yinda esa ular safiga Davron Hoshimov va Vladimir Kozakning qo'shilish imkoniyati mavjud.
Marko Simich esa Podgoricada CHernogoriya terma jamoasi yig'inida qatnashmoqda. CHernogoriya 1 va 4 sentyabr kunlari Qozog'iston hamda Ruminiyaga qarshi jahon chempionati saralash uchrashuvlarida o'ynaydi.
Quyida futbolchilarimiz ishtirok etishi mumkin bo'lgan xalqaro bellashuvlar ro'yxati bilan tanishing:
31 avgust, 17:00
Xitoy - O'zbekiston
5 sentyabr
O'zbekiston - Janubiy Koreya
1 sentyabr, 21:00
Qozog'iston - CHernogoriya
4 sentyabr, 23:45
CHernogoriya - Ruminiya
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar