"Paxtakor" darvozasiga belgilangan penalti va Azmiddinovning chetlatilishi xatomidi? Superliga 10-turidagi hakamlik bo'yicha rossiyalik ekspert tahlillari
16 may 2023 18:31
Yangiliklar
"Paxtakor" darvozasiga belgilangan penalti va Azmiddinovning chetlatilishi xatomidi? Superliga 10-turidagi hakamlik bo'yicha rossiyalik ekspert tahlillari
Rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" telegram kanali muallifi) har bir turdan so'ng Championat.Asia uchun eksklyuziv tarzda barcha bahsli vaziyatlarni tahlil qiladi.
Bu safar "Paxtakor" darvozasiga penalti bormidi yoki Sanjar Tursunovni o'yindan tashqari holatda raqibga zarba bergani uchun chetlatish kerakmidi yoki yo'q, bilib olamiz.
✅ "Qizilqum" - "Olimpik"
Qizil kartochka to'g'ri ko'rsatildi, hakamlarning qarorini qo'llab-quvvatlash mumkin. "Qizilqum" o'yinchisi to'pga birinchi bo'lib o'ynamoqda, ammo so'ngra uning oyog'i maysadan ko'tarilmoqda, u masalan "Olimpik" o'yinchisidek to'qnashuvni yumshatish uchun oyog'ini bukmadi. Qoidani jiddiy buzganlik uchun qizil kartochka. VAR hakam maydonda balki yakka kurashning to'liq tafsilotlarini ko'rmagan bo'lishi sabab vaziyatga to'g'ri aralashmoqda.
✅ "Qizilqum" - "Olimpik"
Hakam golni bekor qilib to'g'ri qildi, VAR esa aralashib. Darvozaga zarba vaziyatida darvozabon darvozasidan chiqdi. Uning orqasida ikki himoyachi bor edi, ulardan biri esa darvoza chizig'iga ancha yaqin, bu vaziyatda shartli ravishda darvozabon edi. "Olimpik" o'yinchisi darvozaga barchadan yaqin va ehtimol "shartli darvozabon" bilan bir qatorda, ammo har qanaqasiga ikki himoyachi bilan emasdi. U zarbadan so'ng o'yindan tashqari holatdan chiqmoqda va kurashmoqda, yakunda esa gol urmoqda. Golning bekor qilinishi to'g'ri qaror.
✅ "So'g'diyona" - "Turon"
Nazarimda, bu qo'pol o'yin uchun aniq sariq kartochka. Tezlik bor, harakatlarda esa ehtiyotsizlik. O'yinchilardan biri tezroq harakat qildi va to'pni birinchi bo'lib tepib yubordi. "Turon" o'yinchisi oyoq tashlashining xavfliligini va raqib uchun oqibatlarini o'ylab ko'rmadi. Hakamning to'g'ri qarori.
❌ "Paxtakor" - "Buxoro"
Hakam o'yinchini chetlatgan holda xato qildi. Ushbu vaziyatda o'yinni davom ettirish kerak edi. Agar qo'l bilan vaziyatni ko'rib chiqsak, ikki futbolchi ham to'p uchun kurashda qo'lini ishlatmoqda, ushbu vaziyatda qo'llarning tasiri esa katta emas. Hujumchi o'zining ikkinchi oyog'i bilan chalishib yiqildi. O'yinchilar o'rtasida oyoqlar bilan kontakt yo'q. Dinamikada hakamlar uchun qiyin vaziyat, ammo VAR aralashishi va yakka kurashning tafsilotlarini ko'rsatishi kerak edi. Bosh hakam va VAR hakamlari tomonidan qo'pol xato.
❌ "Paxtakor" - "Buxoro"
Tahlil uchun qiyin vaziyat. Ushbu vaziyatda himoyachi tomonidan kichik turtib yuborish bor, buning natijasida hujumchi oldinga siljidi. Va keyingi bosqichda darvozabon biroz tizzasini ko'targan holda, ehtiyotsizlik bilan hujumchiga qarab harakat qilmoqda. Darvoza bo'sh, to'p esa deyarli hujumchining nazoratida bo'lganini hisobga olib, yaqqol gol urish imkoniyatidan mahrum etgani uchun darvozabonni chetlatish kerak edi. VAR vaziyatga to'g'ri aralashdi, ammo hakam o'z qarorida qoldi. Hakam tomonidan xato.
❌ "Paxtakor" - "Buxoro"
Xato. O'yinni davom ettirish kerak edi. Himoyachining bir qo'li tanasiga yopishgan edi, ikkinchisi esa pastga qarab turgan holda, tabiiy holatda edi. Penalti belgilash uchun asos yo'q, hakam xatoga yo'l qo'ydi. VAR vaziyatga xato aralashdi.
✅ "Navbahor" - "Surxon"
Hakam o'yinni davom ettirib to'g'ri qildi. Havoda bir-biriga qarab yo'nalgan va to'pga harakat qilgan oyoqlarning minimal kontakti. Hujumchi yaqqol kontaktni oshirib ko'rsatdi. VAR vaziyatga aralashmay to'g'ri qildi.
❌ OKMK - "Andijon"
Juda ham bahsli vaziyat. Yordamchi yaxshi poziciyada turibdi, ammo stop-kadrda barcha o'yinchilar "chiziq"da turishibdi. Balki hujumchining elkasi eng yaqin himoyachi bilan taqqoslaganda darvozaga yaqinroqdir, ammo yana bir himoyachi bor-ki (yordamchidan uzoqroq ustunda), u hujumchidan ko'ra darvozaga yaqinroqdek. Ofsayd chizig'isiz hujumni davom ettirish va golni hisoblash kerak edi. VAR aralashishi kerak emas, hakamlar brigadasi tomonidan xato.
❌ OKMK - "Andijon"
OKMK o'yinchisiga raqib undan to'pni qanday olib qo'ygani yoqmadi va qasos olish uchun harakat qildi. CHegaraviy epizod, ammo chetlatish uchun barcha asoslar bor. Agar hakam ushbu vaziyatda qizil kartochka ko'rsatganida, uni qo'llab-quvvatlagan bo'lardim. Bitta oyoq to'pni olib qo'yish uchun yo'naltirilgan va to'liq "toza yakka kurash", ammo ikkinchi oyoq bilan kuchsiz bo'lsa ham, raqibga zarba bermoqda, ammo bu ataylab qilingan. VAR epizodga aralashishi kerak edi. Hakam OKMK o'yinchisini chetlatmay xatoga yo'l qo'ydi.
✅ OKMK - "Andijon"
Hakam qizil kartochkani bekor qilib, sariq kartochkani ko'rsatib to'g'ri qildi. To'p uchun kurashda odatiy vaziyatda qo'l bilan harakat (kaft bilan). Bu erda qizil kartochka uchun tajovuzkor harakat yo'q. Ikkinchi kichik mikro epizodda hech qanday zarba yo'q, o'yinchi shunchaki raqib oldidan elkasini qo'ydi. VAR vaziyatga aralashib to'g'ri qildi.
✅ "Neftchi" - "Bunyodkor"
Hakam o'yinni davom ettirib to'g'ri qildi. Ushbu vaziyatda mudofaa o'yinchisi yotgan holda to'pga o'ynashga va uni chiqarib yuborishga ulgurmoqda. Ushbu vaziyatda to'pga o'yindan so'ng hujumchidan rikoshet bo'lgan holda to'p darvoza chizig'i ortiga yo'l olmoqda va tabiiy kontakt ro'y bermoqda. Aniqrog'i, o'yinchi to'pni oldinga tepib yubormadi, to'p undan kutilmagan tarzda rikoshet holatida chiqib ketdi. Futbolchilar o'rtasidagi kontakt himoyachi to'pga to'g'ri o'ynaganidan va ikki o'yinchi ham harakatlanayotgani sabab inerciya holatida o'yin to'qnashuvi ro'y bermoqda. Hakam tomonidan to'g'ri qaror.
❌ "Neftchi" - "Bunyodkor"
Bu hujumning hujumkor fazasidagi fol. "Neftchi" o'yinchisi himoyachini uzatmani to'xtatmoqchi bo'lgan paytida, elkasidan itarmoqda (ruxsat berilmagan qismidan). "Neftchi"ning golini bekor qilish kerak edi. VAR vaziyatga aralashmay xato qildi.
❌"Metallurg" - "Nasaf"
Ehtiyotsizlik sabab fol. Sariq kartochkasiz "Nasaf" foydasiga 11 metrlik zarba berish kerak edi. Mudofaa o'yinchisi to'pga ulgurmayapti va raqib oyog'iga zarba bermoqda. Ha, "Nasaf" hujumchisi ham yarim qadam tashlab, keyin yiqilmoqda, ammo fol ko'rinib turibdi va qoida buzilish faktini bekor qilmaydi. VAR vaziyatga aralashmay xato qildi, hakamlar xatoga yo'l qo'yishdi.
❌"Metallurg" - "Nasaf"
"CHegaraviy" vaziyat, menimcha, "Kontakt" qaerda bo'lgani haqida aniq dalil va isbotlar yo'q bo'lgan paytda VAR ham hakamning qarorini qabul qilishi kerak edi. Menimcha, kontaktning ilk nuqtasi va himoyachi oyog'ining joyi sabab, "Nasaf" foydasiga penalti emas, jarima zarbasi belgilash kerak edi. Navbatdagi xato.
✅ "Metallurg" - "Nasaf"
Surat sifati sabab takroriy vaziyat unchalik yaxshi emas, ammo "Nasaf" o'yinchisi oldingi vaziyatlardan biridek shunchaki tegib ketmayapti, balki raqib bilan parallel harakatlanganda uning yuziga ataylab zarba berayotgandek tuyulmoqda. Aniqrog'i, u raqib undan biroz o'tib ketganini his qilmoqda va masofani qisqartirish o'rniga, o'ng qo'li bilan raqibga javob reakciyasini bergan holda, zarba yo'llamoqda. Zarba bilib qilingandi, VAR aralashib to'g'ri qildi.
SHunday ekan, Superliganing 10-tur o'yinlarida hakamlar 15 vaziyatdan bir yo'la 8ta xatoga yo'l qo'yishdi! Bu Anatoliy Sinyaev Championat.Asia uchun hakamlik tahlilini qilayotgan paytdagi eng yomon ko'rsatkich. Qolaversa, bir necha xatolarga maydonda ishlagan hakamlar emas, VAR hakamlari tomonidan yo'l qo'yildi.
Xatoga yo'l qo'ygan hakamlar:
"Paxtakor" - "Buxoro" o'yinida Azmiddinovning chetlatilishi;
"Paxtakor" - "Buxoro" o'yinida Quvvatovning chetlatilmagani;
"Paxtakor" - "Buxoro" o'yinida Hamralievning qo'li uchun penalti;
OKMK - "Andijon" o'yiinda Sanches Peresning bekor qilingan goli;
OKMK - "Andijon" o'yinida Tursunovning chetlatilmagani;
"Neftchi" - "Bunyodkor" shhyinida Turopovning xato hisoblangan goli;
"Metallurg" - "Nasaf" o'yinida belgilanmagan penalti;
"Metallurg" - "Nasaf" o'yinida noto'g'ri belgilangan penalti.
Fikrlar