"Paxtakor" darvozaboniga 2014 yil "Lokomotiv"dan taklif bo'lganmidi?
08 sen 2023 10:30
Yangiliklar
"Paxtakor" darvozaboniga 2014 yil "Lokomotiv"dan taklif bo'lganmidi?
"Paxtakor" darvozaboni Sanjar Quvvatov muxlislarga "Mashal" safidagi o'yinlari, terma jamoadagi uchashuvlari orqali tanilgan.
Posbon 2019 yilga kelibgina faoliyatini poytaxtga bog'lagan va "Paxtakor" bilan shartnoma imzolagan. Aslida bu voqea 2014 yil yuz berishi mumkin edi. O'shanda Sanjar Quvvatovning xizmatlariga "Lokomotiv" qiziqish bildirgan, ikkinchi davrani esa "temiryo'lchilar" safida boshlashga yaqin kelgandi. Bu borada futbolchi quyidagicha fikr bildirdi. Malumot uchun, Sanjar Quvvatov 2008-2016 "Mashal", 2016-2018 "Nasaf" darvozasini qo'riqlagan.
"Bunday taklif bo'lganini eslolmayman. "Mashal"da 10 yil to'p tepdim. Yaxshi kunlar ham bo'ldi, yomon kunlar ham. O'shanda so'nggi yillarda o'zimda pasayishni sezdim va jamoadan ketishga qaror qildim. "Nasaf"dan tushgan taklifga esa ikkilanmasdan rozi bo'ldim",- deydi Sanjar Quvvatov.
Fikrlar