"Paxtakor" - "Buxoro" uchrashuvini boshqargan hakam OCHL yarim finalida ishlaydi
25 sen 2018 12:44
Yangiliklar
"Paxtakor" - "Buxoro" uchrashuvini boshqargan hakam OCHL yarim finalida ishlaydi
Jumladan, 23 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan Osiyo chempionlar ligasining yarim final bahslaridan o'rin olgan “Persipolis” (Eron) – “Al Saad” (Qatar) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni Valentin Kovalenko boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib borishadi. Kovalenkoga qanotlarda Husnitdin SHodmonov hamda Timur Gaynullinlar ko'maklashishsa, Ilgiz Tantashev hamda Aziz Asimovlar qo'shimcha yordamchilar etib belgilangan. Ruslan Serazitdinov zahira hakami vazifasini bajaradi.
Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, Valentin Kovalenko Superliganing 24-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Buxoro" uchrashuvida ishlagan va mezbonlar vakili Dragan CHeranning toza golini o'yindan tashqari holat deb topib inobatga olmagan edi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar