"Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladze shaxsiy samolyotda O'zbekistondan uchib ketdi
08 apr 2020 15:17
Yangiliklar


"Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladze shaxsiy samolyotda O'zbekistondan uchib ketdi
Toshkentning "Paxtakor" jamoasi bosh murabbiyi SHota Arveladze Turkiyaga uchib ketdi.
"Men "Qosimposhsho"da ishlaganimda, Istanbuldan uy sotib olgandim. Biz shu erda yashaymiz. Butun oilam men bilan. Men juda ehtiyotkorman, sababi menda astma bor. Bu erga shaxsiy samolyotda keldim, sababi muntazam chiptalar yo'q. O'yinlarni tomosha qilish bilan vaqt o'tkazaman", - deydi SHota Arveladze.
Murabbiy COVID-19 sabab O'zbekistondan ketishga majbur bo'lgani aytilmoqda.
Eslatib o'tamiz, SHota Arveladze 2017 yilning iyunidan beri "Paxtakor"ni boshqaradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar