"Paxtakor" bosh murabbiyi Pedru Moreyra: "O'yin qiyin kechishini bilgandik"
05 fev 2025 01:45
Yangiliklar
"Paxtakor" bosh murabbiyi Pedru Moreyra: "O'yin qiyin kechishini bilgandik"
"Paxtakor" klubi bosh murabbiyi Pedru Moreyra "Al Garafa"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"O'yin qiyin kechishini bilgandik. CHunki raqibimiz yaxshi saviyada va ularda mavsum davom etmoqda. Birinchi bo'limda raqibga bir necha imkoniyat berdik va ular bundan foydalanishdi.
Doim g'alaba uchun o'ynaymiz. Hozir biz navbatdagi bellashuvda yutuq haqida o'ylashimiz kerak. Ikkinchi bo'limda yaxshi o'ynadik, suratni nazorat qildik. Mezbonlarga oldinga o'tishga imkon bermadik. Faqat vaziyatlar yaratishda kamchiliklar bo'ldi. Buning ustida ishlashimiz lozim. Biz endi birinchi rasmiy uchrashuvda maydonga tushdik.
Bizni stadiondan qo'llab turgan ishqibozlarga rahmat aytaman. Ular jamoani yaxshi ko'rishadi va bunga munosib javob berishga harakat qilamiz", -deydi Pedru Moreyra.
|
Al-Gharafa Ferjani Sassi - 39' |
AFC Champions League Elite West . 7-tur 04/02/2025, 21:00 0
:
1
Tugadi
|
Pakhtakor Tashkent |
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar