So’nggi yangiliklar

09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  2 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  2 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  7 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2

"Paxtakor" birinchi o'yinda "Metallurg"ni mag'lub etdi Yangiliklar

"Paxtakor" birinchi o'yinda "Metallurg"ni mag'lub etdi

"Paxtakor" Bekobodning "Metallurg" jamoasi bilan nazorat bellashuvi o'tkazdi.

SHota Arveladze "Paxtakor" murabbiylar shtabining sobiq azosi, o'zining eski qadrdoni Andrey SHipilov boshchiligidagi "Metallurg"ga qarshi "sherlar"ni maydonga olib tushdi.

Jamoalar dastlab asosiy tarkib bilan 35 daqiqadan ikkita taym o'tkazishdi.

Dastlabki nazorat o'yinida Akmal SHorahmedov tomonidan kiritilgan gol "sherlar"ga g'alaba keltirdi. Jaloliddin Masharipovning qanotdan oshirib bergan to'pini "Paxtakor"ning o'ng qanot himoyachisi darvozaga aniq joylab qo'ydi - 1:0.

SHundan so'ng dastlabki bellashuvda boshqa gol kiritilmadi. "Paxtakor" safiga yangi kelib qo'shilgan portugaliyalik hujumchi "sherlar" tarkibida o'zining norasmiy debyutini o'tkazdi. SHuni qayd etish kerakki, hujumchi mazkur bahsda yaqqol ajralib turmadi. Harakatlaridan Gonsalveshning jismoniy holati hali optimal darajada emas. SHuningdek, unga etarlicha vaziyatlar ham yaratib berilgani yo'q.

O'yin asosan yakkakurashlarga juda boy tarzda kechdi.

Nazorat o'yini.

"Paxtakor" - "Metallurg" 1:0

Bosh hakam
: SHerzod Qosimov.

Gol: Akmal SHorahmedov (40)

"Paxtakor": Eldorbek Suyunov, Farruh Sayfiev, Marko Simich, SHerzod Azamov, Akmal SHorahmedov, Rostin Griffits, Dilshod Rahmatullaev, Jaloliddin Masharipov, Jamshid Iskanderov, Tiago Bezerra, Ismoil Gonsalvesh.

"Metallurg"
: Zafar Safoev, Abror Husinov, Abbos Otaxonov, SHerzod Fayziev, Dilyorbek Ermatov, Islom Isoqjonov, SHahzod SHaymanov, Jasur Hasanov, Alisher Ziyavutdinov, Nodir Mavlonov, Zohid Abdullaev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Doston Tursunov, Muhammad Isaev, Pavel Purishkin.

Ayni paytda jamoalar boshqa tarkib bilan ikkinchi uchrashuvni o'tkazishmoqda.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика