"Paxtakor" BAAdagi uchinchi o'yinda ham mag'lub bo'ldi
03 fev 2021 20:38
Yangiliklar


"Paxtakor" BAAdagi uchinchi o'yinda ham mag'lub bo'ldi
Bu safar ham bosh murabbiy Piter Xyuistra to'liq ikki tarkibni sinab ko'rdi. Birinchi bo'limda maydonda deyarli teng kurash bordi. "SHerlar" bir necha qulay imkoniyatlarni yuzaga keltirishdi. Derdiyok va CHeranning urinishlari xavfli chiqdi, biroq golga aylanmadi. Ikkinchi bo'limda amalga oshirilgan o'zgarishlardan keyin rigaliklar ikki to'p kiritishdi. Dastlab Mbombo penaltidan unumli foydalangan bo'lsa, keyin Filippov boshi bilan darvoza oldidan aniq zarba berib oradagi farqni oshirdi. SHu tariqa "Paxtakor" Dubay yig'inida so'nggi nazorat o'yinida mag'lubiyatga uchradi.
"RIGA" - "PAXTAKOR" - 2:0 (0:0)
3 fevral. Dubay. "Jebel Ali" majmuasi.
"Riga": Purin, Fyodorov, CHernormordiys, Vranyanin, Rugins, Pishkevich, Nata, Brisola, Ramos, Kamess, Miloshevich.
"Paxtakor": Suyunov (Quvvatov, 32; Isaqov, 63), Alijonov (Komilov, 46), Azamov (CHobanov, 63), Krimec (Anzur Ismoilov, 46), Sayfiev (Azmiddinov, 63), Hamrobekov (Xolmatov, 63), Sobirxo'jaev (Iminov, 54), Turg'unboev (Erkinov, 57), Yo'ldoshev (Roziev, 63), CHeran (Temirov, 63), Derdiyok (Xoldorxonov, 63).
Gollar: Mbombo, 69-pen - 1:0. Filippov, 75 - 2:0.
Reklama
O’xshash yangiliklar

Fikrlar