"Paxtakor" Arveladze bilan shartnomani uzaytiradimi?
16 noy 2018 17:55
Yangiliklar
"Paxtakor" Arveladze bilan shartnomani uzaytiradimi?
"Paxtakor" klubi o'tgan yili yozda jamoaga gruziyalik mutaxassis SHota Arveladzeni olib kelgandi.
Klub va mutaxassis o'rtasida 1,5 yillik shartnoma imzolangandi. Joriy yil yakunida esa Arveladzening "Paxtakor" bilan imzolagan shartnoma muddati yakunlanadi.
Savol tug'iladi, klub SHota Arveladze bilan o'rtadagi bitimni uzaytiradimi yoki murabbiy yil oxirida jamoadan ketadimi?
Aynan mazkur savol bilan "Paxtakor" matbuoti xizmatiga murojaat qildik. Klub matbuot xizmatining malum qilishicha, Arveladze bilan shartnoma hozircha uzaytirilmagan. Agarda klub va murabbiy o'rtasidagi bitim uzaytiriladigan bo'lsa, unda bu borada rasman malum qilinadi.
Bizga malum bo'lishicha, "Paxtakor" SHota Arveladze bilan shartnomani uzaytirish borasida o'ylamoqda. Tez orada tomonlar yangi kelishuvga imzo chekishlari mumkin.
Fikrlar